«DataSite Technology» kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining «DataSite Technology» kompaniyasi vakillari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi X.Umarov, Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari X.Fayzullaxo‘jayev, «DataSite Technology» kompaniyasi rahbari M.Karabayev va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Agentlik va «DataSite Technology» kompaniyasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Buyuk Britaniyadagi mehnat bozorining holati, mamlakat iqtisodiyotining ishchi kuchiga muhtoj sohalari, O‘zbekiston fuqarolarini mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

M.Karabayev Buyuk Britaniyada migratsiya sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib, mazkur davlatda yashovchi vatandoshlar bilan yaqin aloqalar o‘rnatish maqsadga muvofiq ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.