Dam olish kunlari dovondan o‘tsa bo‘ladimi?
Ma’lum qilishlaricha, A-373 “M-39 Guliston – Bo‘ka – Angren – Qo‘qon – Andijon orqali – O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida 2021 yil 26-27 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.
Bunday ob-havoda dovon yo‘llarida qor to‘planib, yaxmalak hosil bo‘lish ehtimoli bor. Bu kabi holatlarni oldini olib, dovon yo‘llarini xavfsiz holatga keltirish uchun «Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
A.Musayev, O‘zA.