Shu kunlarda Toshkent viloyati dalalarida ayni pishiqchilik payti. Ko‘plab ertaki piyoz va kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan hududlar dalalarida hosilni yig‘ish ishlari qizg‘in bormoqda.

Bu yil dehqon bozorlari va do‘konlarda 1 kilogramm piyozning narxi 1,5 ming-2 ming so‘m. Bu holat hosil yetishtirayotgan fermer-dehqonlarga biroz yoqmagan bo‘lsa ham, aholi arzon va sifatli mahsulotlarning ko‘p bo‘lganidan mamnun. Bunga asosiy ta’sir etgan omil pishiqchilik davri.

Yig‘ishtirib olingan piyozni sifatli saqlash, qayta ishlash va ichki hamda tashqi bozorlarga yo‘naltirish bo‘yicha ham tizimli ishlar bajarilmoqda.

Bu yil viloyat dalalarida jami 32 ming 93 gektar sabzavot, 2 ming 211 gektar poliz va 17 ming gektar maydonga kartoshka ekilgan. Shuningdek, g‘alladan bo‘shagan 100 ming gektar maydonga takroriy ekin ekiladi.

Mazkur jarayonlar bilan tinishish maqsadida O‘rta Chirchiq tumanida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. 

Dastlabki manzil Yuqoriovul mahallasidagi "Sitora-Maftuna" fermer xo‘jaligining piyoz paykali bo‘ldi. Bu yerda dehqonlar tomonidan hosilni saralash va maxsus qoplarga solish jarayoni ketmoqda.

– Tumanimiz sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, yil bo‘yi dehqonlarimiz yuqori hosil olishga harakat qiladi, – deydi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tuman bo‘limi rahbari A’zam Arziqulov. – Shu kunlarda yetishtirilgan sabzavot mahsulotlari joylardagi dehqon bozorlariga chiqarilyapti. Shu bilan birga, zaxira sifatida piyoz, kartoshka, sabzi kabi mahsulotlar maxsus saqlov joylariga qo‘yiladi. Shu orqali ehtiyoj bo‘lgan davrda yana savdoga chiqariladi. Bu bo‘yicha hozirgi paytda fermerlar bilan hamkorlik qilinyapti.

Jurnalistlar dehqonlar bilan suhbatda o‘zlarni qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Shundan so‘ng press-tur ishtirokchilari tumandagi 200 gektar yer maydonida yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi "Solanuz" MCHJ kartoshka dala maydonlari borib ko‘rdi. Ayni kunlarda bu yerlarda belgilangan tartibda sug‘orish ishlari amalga oshirilyapti. Tez fursatda aholining kartoshkaga bo‘lgan talabini to‘la qondirish, narxlar barqarorligini saqlash, mavsum uchun zaxira jamg‘arish maqsadida hosil yig‘iladi.

Jurnalistlar g‘alla dalalaridagi o‘rim jarayonlari bilan ham tanishdi. Don yig‘ib olingan maydonlardagi somon chorva ozuqasi uchun olinyapti va bo‘shagan maydonlarda ikkinchi ekin ekishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 

A.Musayev, A.Alijonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dalalarda piyoz hosili yig‘ilmoqda