To‘y-to‘ylarga ulansin, degan duo azaldan yurtimizda ijobat bo‘lgan. Buni ona sayyoramiz uzra yangi kun – Navro‘z bayrami nishonlanganidan so‘ng ertasigayoq olamshumul voqea yuz berganidan ham bilsa bo‘ladi. 1394 yil 22 mart kuni olamni hayratga solgan buyuk bobokalonimiz Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan.

Buyuk bobokalonimizning naslu nasabi, tug‘ilgan kunidan to umri poyonigacha qilgan betimsol ishlari haqida biz asosan tarixiy, adabiy-badiiy asarlar orqali yaxshi bilamiz. Uning dunyo tarixida tutgan o‘rnini hazrat Mir Alisher Navoiy ushbu satrlarida shunday ta’riflagan:

Temurxon naslidin sulton Ulug‘bek,

Ki olam ko‘rmadi sulton aningdek.

Aning abnoyi jinsi bo‘ldi barbod,

Ki davr ahli biridin aylamas yod.

Va lek ul ilm sori topti chun dast,

Ko‘zi oldinda bo‘ldi osmon past.

Rasadkim bog‘lamish – zebi jahondur,

Jahon ichra yana bir osmondur.

Bilib bu nav’ ilmi osmoniy,

Ki ondin yozdi "Ziji Ko‘ragoniy".

Qiyomatga dekincha ahli ayyom,

Yozarlar oning ahkomidin ahkom.

O‘z zamonasidan boshlab o‘tgan asrlar mobaynida va bugungi kungacha ham Ulug‘bek siymosi tarixiy asarlarda o‘ziga xos tarzda ulug‘langan. "Qomuslar bosh tahririyati" tomonidan 1996 yilda nashr etilgan "Temur va Ulug‘bek davri tarixi" to‘plamida ana shu tarixiy asarlar haqida ham ma’lumotlar bor. Jumladan, Shamsuddin Ali ibn Jamolulislomning 1399-1403 yillarda yozilgan "Temurning Hindistonga qilgan yurishlari kundaligi", Nizomiddin Shomiyning 1401-1402 yillarda yozilgan "Zafarnoma", Shohobuddin Abdulloh ibn Lutfulloh al-Havofiyning (u Hofizi Abru nomi bilan ham mashhur) XV asr 20 yillarining ikkinchi yarmida yozilgan "Zubdat ut-tavorix", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarlarida Mirzo Ulug‘bekning turli davrlardagi faoliyati haqida qimmatli fikrlar o‘z ifodasini topgandir.

1468-1471 yillarda Samarqandda yozilgan Kamoliddin Abdurazzoq Samarqandiyning "Matla’ us-sa’dayn" solnomasida Ulug‘bek rasadxonasi haqida keng ma’lumotlar berilgan. Alisher Navoiy "Majolis un-nafois" asarida Mirzo Ulug‘bekni nafis adabiyot bilan shug‘ullangan davlat arbobi sifatida tasvirlaydi.

Buyuk ajdodimiz vafot etganidan so‘ng 40 yildan keyin Davlatshoh o‘zining "Tazkirat ush-shuaro" deb nomlangan mashhur bayozida shunday yozgan: "Ulug‘bek olimlikning yuqori darajasiga ko‘tarildi… Ikki shoxli Iskandar Zulqarnayn davridan hozirgacha hokimiyat boshida Ulug‘bek singari podshoh-olim bo‘lmagan".

Zahiriddin Muhammad Boburning o‘lmas asari – "Boburnoma"da ham Mirzo Ulug‘bek bunyod etgan binolar qatorida rasadxonaning uch qavatli bo‘lganligi haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. "Temur va Ulug‘bek davri tarixi" to‘plamida buyuk ajdodimiz haqida asarlar yozishgan yana o‘nlab tarixchi olimlar, fozil kishilarning nomlari bayon qilingani e’tiborga molikdir. O‘sha tarixiy asarlarni bugungi yosh avlodga ham kitob holida taqdim etish, pirovardida, buyuk ma’naviy merosimizni yanada chuqurroq o‘rganib borish g‘oyat muhimdir. Ulug‘ ajdodlarimiz tarixini, ularning boy ma’naviy merosini qanchalik chuqur o‘rgansak, kelajakda shunchalik buyuk maqsadlarga erisha olamiz.

Biz nainki Mirzo Ulug‘bek haqidagi kitoblarni, balki, u daho yaratgan asarlarni ham sinchkovlik ila o‘rganishimiz zarur. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Ulug‘bek o‘lmas kitoblar, hattoki she’rlar yozgan. Ularning ko‘pchiligi bizgacha yetib kelgan!

Cho‘lpon nashriyoti tomonidan 1994 yilda 100000 (yuz ming!) nusxada chop etilgan "To‘rt ulus tarixi" kitobi Mirzo Ulug‘bekning eng nodir asarlaridan biridir. "Mirzo Ulug‘bek fanning juda ko‘p sohalari, xususan matematika, falakiyot, musiqashunoslik va tarix ilmlari bo‘yicha zabardast olim, ilm-fan, madaniyatning ulkan homiysi sifatida abadul-abad tarixda qoldi,– deb yozadi mazkur kitobga so‘zboshisida akademik Bo‘riboy Ahmedov.– Ulug‘bekning betakror ilmiy merosi, u ta’sis etgan va rahnamolik qilgan Samarqand munajjimlik maktabi haqidagi tasavvurimizni hali yetarli deb bo‘lmaydi. Masalan olimning ko‘p yillik ilmiy izlanishlarining asosiy mahsuli bo‘lmish "Ziji jadidi Ko‘ragoniy" ("Ulug‘bek Ko‘ragoniyning astronomik jadvali") asari hanuzgacha biron tilga to‘la tarjima qilinib chop etilganicha yo‘q". Ilmi xazinasi beqiyos bobokalonimizning biz bilgan va bilmagan ilmiy, ma’naviy meroslari dunyoning turli davlatlari kutubxonalarida saqlanayotgani sir emas. Ulardan hech bo‘lmaganda nusxalar olib kelib, ona tilimizda izohlari bilan nashr etishning fursati allaqachon yetgan!

Temuriylar sulolasidagi eng yorqin siymolardan biri bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek bobomiz haqida gap ketganida ko‘nglim qanchalik osmon qadar ko‘tarilsa, albatta uning fojiali o‘limiga ham "urg‘u berib" ketilishi dilimni vayron qiladi. Go‘yoki suiqasd qilinmaganida Ulug‘bek shu kunga qadar yashashi mumkindek iddao bilan gapirilishi taajjubga soladi. Bu bilan aslida buyuk ajdodlarimiz bo‘lgan temuriylarning sha’niga loy chaplanishi davom etayotgani alam qiladi.

Ajdodlar tarixida padarkush nomini olgan Abdullatifni zarracha oqlash fikridan yiroqman. Ammo, kezi kelganda dilimdagi bir gapni ham baralla aytgim keladi: buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bekning muborak nomini tilga olganda uning ulug‘vor ishlari, avlodlariga qoldirgan boy tarixiy merosi, ibratli faoliyati borasidagi ma’nili fikrlar bilan chegaralanaylik! Ha deb uning fojiali o‘limi-yu, o‘g‘lining qilmishini doston qilavermaylik. Shu o‘rinda bir mulohaza. O‘z davridayoq buyuk daho bo‘lgan Mirzo Ulug‘bekning yon-atrofida, saroyida, rasadxonasida, ilmu ma’rifat bo‘stoniga aylangan Registondagi madrasasida o‘ziga yarasha "hamnafas dushmanlari" g‘oyat uddaburonlik bilan shunday "qatl usuli"ni o‘ylab topishmaganmikin? Ulug‘bekdek olim bo‘lishga harchand urinmasin, shu darajaga yeta olmayotgan "ilmdonlar" hasad o‘tida yonib, alal-oqibat "ilmi"ni jirkanch va qabih ishlarga baxshida qilib yuborishmadimikin? Qilg‘iliqni qilgan o‘sha "olim"lar ustamonlik bilan hamma aybni Abdullatifning bo‘yniga "ilib" qo‘yishmaganmikin? Otasi katta qo‘shinga bosh-qosh bo‘lib safarga ketganida Samarqand saroyida kishibilmas "davlat to‘ntarishi"ni amalga oshirib, shahzoda Abdullatifni bandi qilib, so‘ng uning qo‘li bilan o‘sha xunrezlikni sodir etishmaganmikin? Bu bilan butun temuriylar yuzini qaro qilishmaganmikin?

So‘ng, el-ulus orasida obro‘si yerparchin bo‘lgan saroyning nufuzini qayta tiklash rejasi tuzilmaganmikin? Ya’ni, oradan olti oycha o‘tgach, yana qarindoshlar qo‘li bilan Abdullatifning ham boshi oldirilmaganmikin? Shu qadar puxta o‘ylangan qora niyatlarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan "olim" qiyofasidagi quzg‘unlar bir chetda qolib, asrlar mobaynida bu voqea biryoqlama talqin qilinmayotganmikin?.. Ya’ni, yana kim yomon: temuriylar… Nazdimda, bu buyuk ajdodimizning tabarruk nomiga bo‘lgan axborot xurujidan boshqa narsa emas.

Temuriylar sha’niga boshqacha usulda loy chaplash ozmi-ko‘pmi davom etayotganidan ham ko‘z yuma olmaymiz. Ya’ni, Amir Temurni – Temurlang (fors tilida – Temur cho‘loq), uning muborak maqbarasini – "Go‘ri Amir" (ya’ni, "Amirning go‘ri") deb atash ulug‘ siymo sha’niga xurujdan boshqa narsa emas!.. Mir Alisher Navoiy bobomiz buyuk bobkalonimizni o‘z nazmida Temurxon deb atadimi, ana shu munosabatning o‘zi biz uchun ibrat bo‘mog‘i lozim. Mirzo Bobur ta’biri bilan aytganda, bobokalonimizning qabrini ham “Amir Temur maqbarasi” deb yuritish maqsadga muvofiqdir. Bu bilan buyuk ajdodlarimiz ruhlarini yanada shod etgan bo‘lamiz!

Yurtimiz istiqloli sharofati bilan Amir Temur va uning suyukli nabirasi bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek bobolarimizning ruhlari shod etilib, muborak nomlari e’zozlanmoqda. Maktablarda va turli o‘quv dargohlarida ularning tarixlari, ilmiy meroslari o‘rganilmoqda. Ularga mahobatli haykallar o‘rnatildi. Qutlug‘ nomlari abadiylashtirildi.

1995 yil 14 sentyabrda Toshkent davlat universitetiga Mirzo Ulug‘bek nomi berilgani, 2000 yil 28 yanvardan o‘quv dargohimiz – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti deb atalgani qalblarimizda cheksiz iftixor tuyg‘usini jo‘sh urdiradi.

Tavallud topgan kunni nishonlash – azaliy udumga aylangan. Har yili hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy, Muhammad Zahiriddin Bobur bobolarimizning tavallud topgan kunlarini zo‘r ehtirom ila nishonlaymiz. Jahon va yurtimiz tarixida ulardan o‘rni kam bo‘lmagan buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bekning tavalludi yanada xosiyatli kunga to‘g‘ri kelganida ham qandaydir ilohiy sinoat borga o‘xshaydi. Ya’ni, olamni shodlikka to‘ldirgan Navro‘z bayrami buyuk daho dunyoga kelgan kunga ulanishi hayratomuz hodisadir. Shunday ekan, bu ulug‘ kunni ham harqancha sharaf, faxr-iftixor ila qarshi olishimiz ham farz, ham qarzdir!

To‘lqin ESHBEK,

O‘zMU Jurnalistika fakulteti dotsenti,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daho tug‘ilgan kun