Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi Ibn Sino mahallasida yashaydigan Munisa Pardayeva Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi. U sportning kanoeda eshkak eshish turi bilan shug‘ullanib, qator musobaqalarda g‘olib bo‘lgan. O‘tgan yilning 19-22 oktyabr kunlari sportning Para kanoeda eshkak eshish turi bo‘yicha o‘tkazilgan “O‘zbekiston chempionati”da ishtirok etib, Osiyo o‘yinlarida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu kuni quvonchini yashirolmagan Munisa Fotima momoga qo‘ng‘iroq qilib, “buvijon, meni tabriklang, musobaqada yana g‘olib bo‘ldim. Endi Osiyo chempionatida ishtirok etaman. Buvijon olimpiada musobaqasida qatnashish yo‘llanmasini olishim uchun duoda bo‘ling”, dedi hayajon bilan. 

Nabirasining qo‘ng‘iroqdek ovozini eshitgan Fotima xolaning ko‘zlari yoshlandi. Ayvonda urchuq yigirib o‘tirgan onaxon nevarasining baxtu kamolini, orzulari ro‘yobga chiqishini so‘rab, duoga qo‘l ochdi.

Ikkinchi guruh nogironi bor Munisa o‘z ustida ishlashni, doimo harakatda, izlanishda bo‘lishni xush ko‘radi. U hech qachon izlanishdan, mehnat qilishdan cho‘chimaydi.

– Aniq maqsad sari intilib, albatta orzularimni amalga oshiraman, – deydi Munisa Pardayeva. – Sportning para kanoeda eshkak eshish turi bo‘yicha paralimpiyadada g‘oliblikni qo‘lga kiritib, dadam faxrlanadigan qiz bo‘lishni istayman. Bu orzularimni amalga oshirish uchun tinmay harakat qilaman.

Jismonan imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, o‘z vaqtida imtiyozlardan samarali foydalanayotgan Munisa Pardayeva kelgusida inklyuziv ta’lim rivojiga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilib olgan. 

– Universitetda defektologiya yo‘nalishi surdopedagogika tarmog‘i bo‘yicha tahsil olyapman, – deydi Munisa Pardayeva. – Kar yoki zaif eshituvchi bolalarni maxsus o‘qitish va tarbiyalash masalalari bo‘yicha yangi zamonaviy metodlarni ishlab chiqishda ustozlarim bilan birga izlanish olib boryapman. Jumladan, psixologik rivojlanish, o‘quv fanlarini o‘qitish, talaffuzni o‘rgatish va “lab bilan o‘qish” mehnatiga o‘rgatish, tarbiyaviy ishlar metodikalari orqali kar va zaif eshituvchi bolalarning jamiyatdagi o‘rnini topishga ko‘maklashishni maqsad qilganman.

Ulug‘ maqsadlar, ezgu amallar bilan sport va ilm-fanda birdek olg‘a intilayotgan surxonlik talaba-qizning beg‘ubor orzusi hamda izlanishlari ro‘yobga chiqishiga tilakdoshmiz.

Nilufar Bozorova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dadam faxrlanadigan qiz bo‘lishni istayman”