AQSH prezidenti Donald Tramp hokimiyatni Jo Baydenga topshirish uchun zarur bo‘lgan dastlabki amaliyotlarga kirishdi
Donald Tramp umumiy xizmatlar boshqarmasiga hokimiyatni Jo Baydenga topshirish uchun zarur bo‘lgan dastlabki amaliyotlarga kirishish bo‘yicha topshiriq berdi.
Avvalroq “CNN”da mazkur boshqarma va uning rahbari Emili Merfi saylangan prezident g‘alabasini e’tirof etib, hokimiyatni topshirish ishlarini boshlashga tayyorligi aytilgandi.
Tramp tegishli topshiriqni berganidan so‘ng ham Tvitterdagi sahifasida mag‘lubiyatni tan olmagan. AQSHning navbatdagi rahbari inauguratsiyasi 2021 yilning 20 yanvarida bo‘ladi.