COVID-19: Yevropadagi ahvol, yangi cheklovlar!
Bir qator Yevropa mamlakatlarida juda qat’iy karantin tartibi o‘rnatilmoqda.
Aniqlangan kasallanish soni 2 million kishiga yaqinlashgan ushbu mintaqada eng yuqori o‘lim darajasi qayd etilmoqda. Buyuk Britaniyada Bazirlar Mahkamasi mamlakat poytaxti va shahar atrofidagi hududlar bo‘ylab maksimal darajada cheklovlar joriy etdi.
Kechadan e’tiboran, Londonda restoran, kafe, mehmonxona va kinoteatrlar faoliyatiga chek qo‘yildi, faqat do‘konlar bundan mustasno.
Shuningdek, Germaniyada ham kuchli tartib o‘rnatildi. Mamlakatda oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalardan tashqari hamma joy yopiq. Agar, bu yetarli bo‘lmasa, federal davlatlar yanayam kuchliroq cheklovlar o‘rnatishi mumkin ekan.
Muzey, teatr, kinoteatrlar yopiqligicha qoladi. Madaniyat xodimlarining aytishicha, hukumat ushbu qarorni ma’qullagan.
"Biz nima bo‘layotganini mutlaqo tushunmayapmiz. Qisqagina vaqt metroda yura olasiz, do‘konlarda hozir odam ko‘p, diniy maskanlar ham ochiq."
"Murakkab vaziyat bir necha oydan beri davom etmoqda. Teatr jamoatchiligi, umuman, teatr ishi og‘ir davrni boshdan kechirmoqda, hamma uzoq vaqt ishsiz qoladi"- qabilidagi fikrlar tez-tez bildirilmoqda.
Ukrainada infeksiya yuqtirganlar soni 900 mingdan oshdi. Vafot etganlar esa 15 yarim mingga yaqinlashyapti. Cheklovlar yana bir oydan ko‘proq vaqt mobaynida amal qiladi. Bu nafaqat koronavirus pandemiyasi, balki mavsumiy gripp bilan kasallanish ko‘payishiga ham bog‘liq.
bugungi kunda Yevropa dunyodagi eng ko‘p virus yuqtirgan mintaqa bo‘lib turibdi. Pandemiya boshlangandan beri ko‘hna qit’ada 20 milliondan ortiq kasallik kuzatilgan.
Behro‘z XUDOYBERDIEV, O‘zA