«COVID-19 siz sayohat» mobil ilovasi Rossiyaga borayotgan yurtdoshlarimizga qulaylik yaratadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot aa ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bo‘limi boshlig‘i Sardor Mahammadiyev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 1 sentyabrdan O‘zbekiston fuqarolari Rossiya hududiga «COVID-19 siz sayohat» mobil ilovasiga PZR-testning manfiy natijasini qayd etish orqali kiritilishi mumkinligi ma’lum qilinib, test natijasini olish, chegaradan o‘tish tartiblari haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, "Gemotest» laboratoriyasi «COVID-19 siz sayohat» dasturining ishtirokchisidir. Bu dasturga Qirg‘iziston, Rossiya, Armaniston, Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlari qo‘shilgan bo‘lib, ushbu davlatlar o‘rtasida sayohatni soddalashtirish imkonini beradi.
PZR-test natijasini QR-kod ko‘rinishidagi «COVID-19 siz sayohat» mobil ilovasida olish, uning qog‘oz shakli o‘rnida chegaradan o‘tishda ishlatish mumkin. Buning uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
– «AppStore» yoki «Google Play»dan «COVID-19 siz sayohat» ilovasini yuklab olish;
– «Gemotest» laboratoriyasining eng yaqin bo‘limini ro‘yxatdan tanlash;
– Bo‘limga pasport bilan borish;
– Testdan o‘tish va ilovada ko‘rsatilgan QR-kodni skanerdan o‘tkazish;
– Sinov natijalari haqidagi ma’lumotlarning mavjudligiga va testning amal qilish muddati jo‘natilgan sanada haqiqiyligiga ishonch hosil qilish;
– Chegarani kesib o‘tishda nazoratchiga QR-kodni ko‘rsatish.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA