Germaniya poytaxtida fuqarolar karantin cheklovlaridan norozi bo‘lmoqda. Ayniqsa, Kansler Angela Merkel umummilliy lokdaun bilan bog‘liq yangi qonunlar qabul qilishni taklif etgandan so‘ng namoyishlar kuchaya boshladi.

Odamlar ko‘chalar bo‘ylab namoyish uyushtirmoqda. Politsiya Reyxstag yaqinida 150 nafardan ortiq kishini hibsga olgan. Bu esa aholining karantin qoidalariga nisbatan e’tirozlarini yuzaga keltirdi.

Ta’kidlanishicha, cheklovlarga oid yangi qonunlar qabul qilingudek bo‘lsa, mintaqada yana pandemiya hukmronlik qilishi mumkin.

Unga ko‘ra, mamlakatda soat 22:00 dan 05:00 gacha tungi komendantlik soati joriy etiladi. Shu bilan birga dam olish maskanlari, sport inshootlari va supermarketlar faoliyati to‘xtatiladi.

Avvalroq maktablar masofaviy ta’limga o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.  

Umuman, mazkur o‘zgartirishlar Germaniyaning 16 ta o‘lkasi hukumati tomonidan ma’qullandi. Ammo ba’zi nemis sharhlovchilari buni hokimiyatni Berlinga markazlashtirish uchun harakat sifatida qabul qildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
COVID-19: Berlin aholisi cheklovlarga norozilik bildirmoqda