COP31: "yaşil" energetika va barqaror transportni moliyalaştiriş masalalari muhokamada
Şu kunlarda Turkiyaning Antaliya şahrida BMT Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida tadbirlar ötkazilmoqda. Unda davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro taşkilotlar, moliya institutlari hamda işbilarmon doiralar vakillari iştirok etmoqda.
Nufuzli anjuman doirasida iqlim özgarişining salbiy oqibatlarini yumşatiş, “yaşil” iqtisodiyotga ötiş, energetika va transport sohalarini modernizatsiya qiliş, şuningdek, ekologik loyihalarni moliyalaştirişning samarali mexanizmlarini işlab çiqiş masalalari muhokama qilinmoqda.
Sammitning ikkinçi kunida xalqaro moliya institutlari va xususiy sektor vakillari iştirokida energetika samaradorligi, elektr transporti va logistika tizimini ekologik talablar asosida rivojlantirişga bağişlangan qator muloqotlar taşkil etildi.
Xususan, Jahon iqtisodiy forumi vakili Fransisko Betti moderatorligida ötkazilgan «Barqaror mobillik transformatsiyasini moliyalaştiriş» mavzusidagi panel muhokamasida elektr avtomobillar bozorini kengaytiriş, quvvatlaş infratuzilmasini rivojlantiriş va transport sohasiga xususiy investitsiyalarni jalb etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlanganidek, ekologik toza transportga ötiş faqat avtomobil xaridini moliyalaştiriş bilan çeklanmaydi. Bu jarayon quvvatlaş tarmoqlari, akkumulyator texnologiyalari, raqamli xizmatlar va moslaşuvçan moliyaviy mexanizmlarni kompleks rivojlantirişni talab etadi.
Şuningdek, sanoatda energiya samaradorligini oşiriş va kam uglerodli işlab çiqariş texnologiyalarini joriy etiş masalalari ham muhokamalar markazida böldi.
Osiyo taraqqiyot banki, moliya muassasalari va sanoat korxonalari vakillari iştirokidagi muloqotda işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş, energiya sarfini kamaytiriş hamda ekologik loyihalarning iqtisodiy samaradorligini taʼminlaşga qaratilgan investitsiya mexanizmlari körib çiqildi.
Amaliy hamkorlik misollari qatorida sanoat korxonasining işlab çiqariş liniyasini modernizatsiya qiliş uçun ajratilgan 13 million yevrolik moliyalaştiriş, şuningdek, töqimaçilik sohasida energiya tejamkor uskunalarni xarid qilişga kömaklaşuvçi moliyaviy yeçimlar keltirildi.
Barqaror transport va logistikaga bağişlangan navbatdagi sessiyada esa kiçik va örta biznesning ekologik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, energiya tejamkor transport vositalaridan foydalanişni kengaytiriş hamda yuk taşiş tizimida uglerod çiqindilarini qisqartiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ekspertlar fikriça, energetika va transport sohalarida “yaşil” transformatsiyani jadallaştiriş uçun moliyaviy resurslar bilan bir qatorda zamonaviy texnologiyalar, texnik maslahat va xalqaro tajriba almaşinuvi ham muhim ahamiyatga ega.
COP31 doirasidagi uşbu muloqotlar iqlim maqsadlariga erişişda davlat, xalqaro moliya institutlari va xususiy sektor örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş zarurligini körsatmoqda.
Asosiy eʼtibor esa ekologik taşabbuslarni aniq investitsiya loyihalariga aylantiriş, iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oşiriş va barqaror rivojlaniş uçun uzoq muddatli moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirişga qaratilmoqda.
Nodira Qayumova, ÖzA
Turkiya