COP31 suv taqçilligiga yeçim topa oladimi?
Bir paytlar Markaziy Osiyoning eng yirik suv havzalaridan biri bölgan Orol dengizi bugun insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik fojialardan birining misoliga aylangan. Uning qurişi tabiat muvozanatini izdan çiqardi, millionlab insonlarning turmuş tarzi, salomatligi va iqtisodiy imkoniyatlariga ham jiddiy taʼsir körsatdi. Eng açinarlisi, bu jarayon hali-hanuz davom etmoqda. Iqlim özgarişi, suv resurslariga talabning ortişi, muzliklarning qisqarişi va çöllanişning kuçayişi esa mintaqadagi vaziyatni yanada murakkablaştirmoqda.
Bugun Orolböyi muammosi faqat ekologik masala emas. U suv xavfsizligi, oziq-ovqat taʼminoti, iqtisodiy barqarorlik va mintaqaviy hamkorlik bilan çambarças boğliq. Şu maʼnoda, Antaliyadagi BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlarining 31-konferensiyasi – COP31 Özbekiston va butun Markaziy Osiyo uçun muhim ahamiyat kasb etadi.
Orol dengizining qurişi tasodifiy tabiiy hodisa emas, balki inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz. XX asrning ikkinçi yarmida sovet ittifoqida paxta yetiştirişni keskin kengaytiriş siyosati Amudaryo va Sirdaryo suvlarining katta qismini suğoriladigan yerlarga yönaltirişga sabab böldi. Natijada dengizga quyiladigan suv miqdori keskin kamaydi.
Suv resurslaridan samarasiz foydalaniş, irrigatsiya tizimlaridagi katta yöqotişlar va oçiq kanallardagi buğlaniş jarayonlari vaziyatni yanada oğirlaştirdi. Bir paytlar baliqçilik, suv transporti va qişloq xöjaligi rivojlangan hududda dengiz çekina boşladi. Uning örnida esa millionlab gektar maydonni egallagan şörxok va qumli hududlar paydo böldi.

Qurigan dengiz tubidan kötarilayotgan tuz, çang va turli kimyoviy moddalar şamol orqali uzoq masofalarga tarqalmoqda. Bu esa tuproq unumdorligining pasayişi, biologik xilma-xillikning qisqarişi va aholi salomatligiga salbiy taʼsir körsatmoqda. Orolböyida yuzaga kelgan ekologik vaziyatning yana bir murakkab jihati şundaki, dengizning qurişi hudud iqlimiga ham taʼsir ötkazdi. Haroratning mavsumiy keskinlaşuvi, yozning yanada issiq va quruq kelişi, yoğingarçilik rejimining özgarişi mintaqada yaşaş şaroitlarini murakkablaştirmoqda. Demak, Orol fojiasining oqibatlari faqat dengizning yöqolişi bilan çeklanmaydi. Bu butun bir mintaqaning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga taʼsir körsatayotgan uzoq muddatli inqirozdir.
Orolböyidagi ekologik muammolar bugun global iqlim özgarişi bilan yanada murakkab tus olmoqda. Özbekiston uçun hisoblangan iqlim özgarişlari intensivligi indeksi mamlakatimizdagi bu jarayonlar surʼati örtaça jahon darajasidan uç baravar yuqori ekanini körsatadi. Qaşqadaryoda bu körsatkiç 3,5 baravar, Qoraqalpoğistonda esa 4,5 baravarga yetadi. Bu raqamlar mamlakatimiz, ayniqsa, Orolböyi hududi iqlim özgarişlari taʼsiriga naqadar zaif ekanini körsatadi.
Bugun yoğingarçilikning yil davomida taqsimlanişi özgarmoqda, yozgi qurğoqçilik davri uzaymoqda. Natijada qişloq xöjaligi, sanoat va aholi ehtiyojlari uçun suvga talab ortmoqda. Ayni paytda mavjud suv zaxiralari esa bunday talabni qondiriş imkoniyatini tobora yöqotmoqda.
Muammoning yana bir muhim jihati Markaziy Osiyoning asosiy suv manbalari bölgan Tyan-Şan va Pomir toğlaridagi muzliklar bilan boğliq. Uşbu toğ tizmalari Amudaryo va Sirdaryoning yillik oqimining qariyb 75 foizini taʼminlaydi. Demak, muzliklarning qisqarişi butun mintaqaning suv xavfsizligiga bevosita taʼsir körsatadi.
Özgidromet maʼlumotlariga köra, 1957–2020-yillar davomida Özbekiston hududidagi Pskem, Şohimardon, Qaşqadaryo va Surxondaryo daryo havzalaridagi muzliklar hajmi jami 2,024 kub kilometrga yoki dastlabki hajmning 32 foiziga qisqargan.
Bu jarayonning oqibatlari kelajakda yanada yaqqol namoyon bölişi mumkin. Çunki muzliklar suv oqimining tabiiy tartibga soluvçisi hisoblanadi. Ularning qisqarişi dastlab daryolardagi suv hajmining vaqtinça ortişiga olib kelişi mumkin, biroq uzoq muddatda suv bilan taʼminlaniş imkoniyatlari kamayadi.
Xisob-kitoblarga köra, 2040-yilga borib Orol dengizi havzasidagi yillik suv resurslari taqçilligi ikki baravar oşib, 20 milliard kub metrga yetişi mumkin. Bu esa içimlik suvi taʼminoti, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, gidroenergetika va umuman mintaqa iqtisodiyoti uçun jiddiy xavf tuğdiradi.
Aynan şunday şaroitda 9–20-noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya şahrida ötkazilayotgan COP31 konferensiyasining ahamiyati ortadi. BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi doirasida taşkil etiladigan uşbu xalqaro anjuman dunyo mamlakatlarini iqlim özgarişlariga qarşi kuraşiş, uning oqibatlariga moslaşiş, ekologik moliyalaştiriş va barqaror rivojlaniş masalalari yuzasidan birlaştiradi.
Mustaqil ekspert Vadim Sokolov ham COP konferensiyalarining ahamiyatini aynan şu ikki jihat bilan izohlaydi. Uning taʼkidlaşiça, bir tomondan, iqlim özgarişlariga moslaşiş masalalarini alohida davlatlar doirasida hal etiş imkonsiz bölgani uçun bunday anjumanlar diplomatik muzokaralar maydoni vazifasini bajaradi. Ikkinçi tomondan esa ular tajriba almaşiş, innovatsion yeçimlarni izlaş va zarur moliyaviy resurslarni jalb qiliş imkoniyatini yaratadi.
Ayniqsa, Markaziy Osiyo uçun bu masalaning ahamiyati yanada yuqori. Çunki mintaqadagi asosiy suv manbalari transçegaraviy xususiyatga ega. Şu sababli suv resurslarini boşqarişda mamlakatlarning özaro manfaatlarini hisobga oliş, maʼlumot almaşiş va uzoq muddatli kelişuvlarga erişiş zarur.
COP31 doirasida Özbekiston ilgari surayotgan taşabbuslar ham aynan şu maqsadga qaratilgan. Jumladan, 2026–2036-yillarni Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalaniş böyiça Amaliy harakatlar ön yilligi deb eʼlon qiliş taklifi mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişi mumkin. Taşabbus doirasida mintaqa mamlakatlarida har yili Suv haftaliklarini taşkil etiş, Samarqand şahrida esa har ikki yilda bir marta Butunjahon suvni tejaş forumini ötkaziş nazarda tutilmoqda.
Buning ahamiyati şundaki, suv muammosini faqat suv xöjaligi taşkilotlari yoki davlat rahbarlari darajasida muhokama qiliş bilan çeklanib bölmaydi. Bu jarayonga fermerlar, sanoat korxonalari, olimlar, muhandislar, tadbirkorlar va keng jamoatçilik ham jalb etilişi lozim. Şu nuqtai nazardan, Özbekiston tomonidan işlab çiqilgan «Kelajak suvi» mintaqaviy dasturi ham alohida eʼtiborga loyiq.
Dastur fermerlar, agroklasterlar va sanoat korxonalarida suvni tejaş tizimlarini joriy etiş, suvni yetkazib beriş va undan foydalanişda zamonaviy texnologiyalarni qöllaş, mutaxassislarning bilim va könikmalarini oşirişga qaratilgan. Bunda har bir fermerning suv sarfini hisobga olişi, har bir korxonaning resurslardan foydalaniş samaradorligini oşirişi va har bir fuqaroning suvni qadrlaşi umumiy ekologik xavfsizlikning muhim tarkibiy qismiga aylanişi zarur.
Orol dengizining qurişi insoniyatga tabiat qonuniyatlarini mensimaslik qanday oqibatlarga olib kelişini körsatgan aççiq saboqdir. Bugun esa Markaziy Osiyo oldida mavjud suv resurslarini saqlab qoliş, iqlim özgarişlariga moslaşiş va kelajak avlodlar uçun ekologik xavfsiz muhit yaratiş kabi yana bir muhim sinov turibdi.
COP31 Özbekiston uçun uşbu vazifalarni xalqaro kun tartibiga olib çiqiş, hamkorlar bilan yangi kelişuvlarga erişiş, innovatsion texnologiyalar va moliyaviy resurslarni jalb etiş imkoniyati. Biroq, uning haqiqiy qiymati muzokaralar soni yoki qabul qilingan deklaratsiyalar bilan emas, balki ulardan keyin qanday amaliy işlar boşlanganida namoyon böladi. Zero, Orolböyi uçun vaqt allaqaçon eng muhim resursga aylangan. Suvni tejaş, tabiatni tiklaş va ekologik xavfsizlikni taʼminlaş borasidagi har bir keçiktirilgan qaror ertangi kun uçun yanada katta muammolarni yuzaga keltirişi mumkin.
Malika Sobirova, Hilola Iskandarova, Umida Isroilova
Jahon iqtisodiyoti va
diplomatiya universiteti magistrantlari
ÖzA