Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida 198 mamlakatdan 50 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirgan BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) davom etmoqda.

Taʼkidlash lozimki, COP29 iqlim oʻzgarishining eng jiddiy oqibatlarini oldini olish boʻyicha xalqaro iqlim majburiyatlarini kelishish va chora-tadbirlarni muhokama qilish uchun eng muhim platformaga aylandi.

Tadbirda asosiy eʼtibor moliyaviy masalalarga qaratilmoqda. Chunki, ishtirokchi mamlakatlar uchun issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirish va insonlarning hayoti hamda turmush darajasini iqlim oʻzgarishining kuchayib borayotgan taʼsiridan himoya qilish uchun zarur boʻlgan sarmoya bilan taʼminlash juda muhim.

Konferensiya doirasida 150 ta davlat va tashkilot oʻzining pavilyonlarini taqdim etmoqda. Ulardan 70 dan ortigʻi konferensiya ishtirokchilarining milliy pavilyonlari sanaladi.

Koʻrgazmalar markazining asosiy qismida joylashgan Oʻzbekiston Milliy pavilyoniga tadbirning ilk kunida 1000 nafardan ortiq delegat tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmonlar orasida Ozarbayjon jamoat arbobi Leyla Aliyeva, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti Bosh direktori oʻrinbosari Viorell Gutsu, Qozogʻiston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Yerlan Nasinbayev, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanыchbek Omuraliyev, Taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO) vakillari bor.

Oʻzbekona qadriyatlarni tasvirlagan Oʻzbekiston pavilyoni mehmonlar va delegatlarda katta taassurot qoldirdi. Xususan, Leyla Aliyeva pavilyonda namoyish etilgan madaniy meros va ekologik yutuqlarga alohida qiziqish bildirdi. Orol fojiasi koʻlami va uning qurigan tubida olib borilgan oʻrmonlarni qayta tiklash ishlari haqida toʻxtaldi va islohotlarni eʼtirof etdi.

Muhayyo Toshqorayeva,

OʻzA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
COP29: Oʻzbekiston pavilyoni xorijliklar eʼtiborida