Dunyoning eng mashhur kompaniyalaridan biri “Coca Cola” o‘zi qadoqlagan mahsulotlarini yangi yil arafasida negadir paypoqlarga solib sovg‘a sifatida tarqatadi. Xo‘sh, bu paypoqlar qayerda ishlab chiqarilishini bilasizmi? Ular Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi “Vodiy Expo” korxonasida ishlab chiqariladi.

Shunday qilib, mashhur “Coca Cola” sifatini tan olgan paypoqlar dang‘aralik tikuvchilar qo‘lidan chiqmoqda. “Vodiy Expo” yiliga 500 ming dona kolgotki va 2,5 million juft ayollar, erkaklar, o‘smirlar va bolalar paypog‘ini ishlab chiqaradi. Mahsulot yuqori sifatli bo‘lgani, xalqaro me’yorlovchi idoralar sertifikatini olgani uchun  yuz foiz eksport qilinadi.

– Hozirgi kunda stanoklar soni 86 taga yetdi. Ishchilar soni 35 nafarni tashkil qiladi. Mavsumiy ishchilar soni 30-40 nafardan ortiq, – deydi “Vodiy Expo” MCHJ rahbari Ma’rifatxon Umarova.

Korxona rahbari Ma’rifatxon Umarova 2022 yilda “Eng namunali ish beruvchi ayol” respublika tanlovida uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi va Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.

Ma’rifatxonning ustozi otasi  Yo‘ldoshali Umarov edi. Dastlab 2017 yilda aslida quruvchi-muhandis bo‘lgan Yo‘ldoshali aka 15 ta paypoq to‘quv dastgohini olib kelib, qizi bilan ish boshlagan. Qarasaki, sexda barcha ishchilar – ayollar. Ma’rifatxon ham tez fursatda ular bilan til topishdi.

– Bizning sohamizda asosan ayollar bo‘lgani uchun bir-birimizni tushunib ishlaymiz. Har bir ayolning uyida muammolari bo‘ladi. Men ayol rahbar bo‘lib ularni tushunaman va doim qo‘llayman. Shuning uchun ishlashib ketdik, – deydi Ma’rifatxon Umarova.

Ish yurishib xorijdan buyurtmalar ko‘payib ketdi. Shunda ular yangi, to‘rt qavatli ishlab chiqarish korxonasini qura boshladilar. Eksport buyurtmasining esa keti uzilmasdi.

– 2023 yilda 2 mln. dollarlik eksport qildik. Uni Rossiya, Qozog‘istonga sotdik. 2024 yilda Yevropaga chiqa boshladik, – deydi korxona rahbari. – Masalan,  Germaniyaga. Mahsulotlarimiz yuz foiz eksportga jo‘natiladi. Yevropa bozorida nima ketishini o‘rganayapmiz. O‘zimizning milliy brend ustida ishlayapmiz. U bilan Yevropa bozorini zabt etmoqchimiz.

Ammo hayotda kutilmagan xolatlar ham ro‘y berib turadi. Inson past va balandliklar, qiyinchilik, hatto ayrolikka ham chidaydi. Buni Ma’rifatxon shunday eslaydi:

– 2024 yil 26 mart kuni dadam vafot etdi. Shu sababli bu yilgi binolar bitmay qoldi. Lekin kelgusi yil ishga tushiramiz. Dadam boshlagan ishni davom ettiryapman. Tushkunlikka tushgan paytlarim o‘tib ketdi. Prezidentimiz otalarcha g‘amxo‘rlik qilayotganlarini sezib turaman. Bu yil menga “Fidokor tadbirkor ayol” ko‘krak nishonini berishdi.  

Kichik oilaviy korxonadan boshlangan “Vodiy Expo” bugun Osiyo va Yevropa mamlakatlarida tanilgan korxonaga aylandi.  

Ha, mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar Ma’rifat Umarova kabi mulk egasi bo‘lgan, yetakchi va eksportyor ayollarni shakllantirdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/b-RyCZA1CDE?si=IhtNEyCrDLlqh8-H" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(video,surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Coca Cola” ning dang‘aralik hamkori