Chovgan turnirida Chegara qo‘shinlari jamoasi g‘olib
Toshkentdagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan qadimiy o‘yinlardan biri chovgun bo‘yicha turnir tashkil etildi.

Musobaqada Ulug‘bek Avazov, Imom Sherdanov, Sherzod Umarov va Bahodir Ismoilovdan iborat Chegara qo‘shinlari jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Toshkent shahar Milliy gvardiya jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi. Chegara qo‘shinlarining “Ravat” o‘quv markazi jamoasi esa 3-pog‘onadan joy egalladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA