Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi so‘lim go‘shalar yurtimiz hamda xorijiy sayyohlar tomonidan e’tirof etilgan. Hududda turizmni rivojlantirish uchun esa yetarlicha sharoit va imkoniyat mavjud.

Shunday ekan hozirda imkoniyatlardan to‘liq foydalanish maqsadida bunyodkorlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Buning natijasi sifatida tumanida bunyod etilgan “Chorvoq darvozasi” turar-joy majmuasini misol keltirish mumkin. Bugun ushbu majmuaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, hudud faollari, nuroniylar va yoshlar qatnashdi. Tadbirda Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov, O‘zbekiston milliy banki Boshqaruvi raisi Alisher Mirsoatov so‘zga chiqib, mazkur tashabbus hudud turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi. 

Qayd etilganidek, Prezidentimiz 2024 yil dekabr oyida Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida ushbu loyiha bilan ham tanishib, faol turizmni rivojlantirish, aholi va sayyohlarga qulaylik yaratish borasida zarur tavsiyalar bergan edi. O‘tgan vaqt davomida bu yerda bunyodkorlik ishlari tizimli ravishda amalga oshirildi. 

– “Chorvoq darvozasi” turar-joy majmuasi Xo‘jakent hududidagi Chirchiq daryosi bo‘yida, qariyb 24,5 gektar maydonda qurilish ishlarining birinchi bosqichi yakunlandi, – deydi  “Chorvoq darvozasi” savdo direktori Hojiakbar Apponov. – O‘zbekiston milliy banki tomonidan ajratilgan mablag‘ asosida qad rostlagan majmuada yuz nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shuningdek, loyiha doirasida akvapark, 4 qavatli mehmonxona, turar joylar, saylgoh, umumiy ovqatlanish shoxobchasi hamda avtoturargohlar tashkil etilmoqda. Jarayonga eng malakali muhandis va me’morlar jalb qilindi. Umuman olganda, bu loyiha to‘liq ishga tushirilishi joriy yil yoz fasliga rejalashtirilgan. 

Tadbirda loyiha taqdimoti aks etgan video-rolik namoyish etildi. Shundan so‘ng mazkur ob’ekt bunyod qilinishida qatnashgan qurilish kompaniyasi vakillariga ramziy kalit topshirildi. Shu bilan birga, mehmonlar uchun taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi. 

[gallery-22677]

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Toshkent viloyatida hududlarning turizm sohasidagi aniq bir yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashuv dasturi qabul qilingan. Unga asosan 2025-2026 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan umumiy qiymati 3 milliard 285 million dollarlik 265 ta investitsiya loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Shundan 1 milliard 914 million dollari xorijiy investitsiya hisobiga to‘g‘ri keladi. Loyihalarning to‘liq ishga tushishi natijasida 14 ming 487 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

A.Musayev, A.Alijonov (surat), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Chorvoq darvozasi”ga хush kelibsiz!