Chorvachilik rivoji — oziq-ovqat xavfsizligi kafolati
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida chorvachilikni zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish, naslchilikni takomillashtirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu borada “Shimbayli Mirzabek Sharua” fermer xo‘jaligi faoliyati e’tiborga molik.
Fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 203 gektarni tashkil etadi. Shundan 123,1 gektari yaylov, 13,2 gektari pichanzor, qolgan qismi esa qishloq xo‘jaligi yerlaridan iborat. Bugungi kunda xo‘jalikda 100 boshdan ortiq qoramol, 40 boshdan ziyod tuya va 8 bosh ot parvarishlanmoqda.
[gallery-30764]
Joriy yilda davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari asosida xo‘jalikka ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan Gruziyadan go‘sht yo‘nalishidagi 450 bosh naslli qo‘y olib kelindi. Bu yuqori mahsuldor nasllarni ko‘paytirish, go‘shtchilik tarmog‘ini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qilmoqda.
Xo‘jalikda sut chorvachiligi yo‘nalishini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bu mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash imkonini bermoqda.
Fermer xo‘jaligi rahbari Oybek Aytimbetovning ta’kidlashicha, chorvachilik sohasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati, imtiyozli moliyaviy mexanizmlar va yaratilgan imkoniyatlar xo‘jalik faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA