Chunki yuqori mahsuldorlikka erishish oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozor barqarorligini taʼminlash hamda eksport hajmini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Chorvachilik yuqori darajada rivojlangan Germaniya, Ukraina, Polsha, Niderlandiya, Vengriya, Avstraliya, Isroil kabi davlatlarda asosiy eʼtibor mollarning bosh sonini koʻpaytirish bilan bir qatorda ularning mahsuldorligini oshirishga qaratiladi.

Chunki yuqori mahsuldorlikka erishish oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozor barqarorligini taʼminlash hamda eksport hajmini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Mamlakatimizda ham chorvachilikda mazkur davlatlar tajribasini oʻzlashtirish, chet eldan zotdor mollarni olib kelishga katta ahamiyat berilmoqda.

Shu maqsadda faqatgina joriy yilning oʻzida, pandemiya sharoiti boʻlishiga qaramasdan birgina Qashqadaryo viloyatiga xorijdan 2 ming 325 bosh zotli qoramol olib kelindi.

Taʼkidlash lozimki, Davlatimiz rahbarining 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda koʻplab yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Misol uchun, Muborak tumanidagi “Javohir zamin chorvasi” fermer xoʻjaligi Polshadan 260 bosh simmental zotli qoramol xarid qildi. Mazkur naslli chorva mollarini parvarishlash uchun zamonaviy uslubda barpo etilgan molxonada barcha sharoitlar yaratilgan. Kerakli miqdorda yem, silos, senaj, somon va beda jamgʻarilgan. Fermer xoʻjaligi rahbari Bekmurod Bahronovning aytishicha, olib kelinganida endigina 1 yoshdan oshgan boʻlgan gʻunajinlar yaqin orada urchitiladi va kelgusi yilda ulardan naslli buzoqlar olinadi. Simmental zotining afzalligi shundaki, qoʻsh yoʻnalishlidir. Buzoqlarning urgʻochilari sigirlikka qoldirilsa, buqachalar goʻsht uchun boqiladi.

– Xarid qilishdan oldin ularning mahsuldorligini sinchiklab oʻrganib chiqdim, – deydi B.Bahronov. – Oʻzimizning mahalliy zotli sigirdan bir kunda oʻrtacha 5-10 litrdan sut sogʻib olinsa, simmentalda bu koʻrsatkich 25-30 litrni tashkil etadi. Shuningdek, mahalliy sigirdan olingan buzoq 18 oyligida nari borsa 100-120 kilogrammgacha goʻsht beradi. Shuncha yoshli naslli buqadan esa 400-500 kilogrammgacha goʻsht olish mumkin ekan. Bu ikki karra kam sarflab, ikki hissa koʻp daromad olish mumkin degani. Shu bois naslli mol xarid qilib, parvarishiga kirishdik. Xursand qiladigan jihati, bu qoramollar bizning iqlim sharoitimizga juda mos kelarkan. Faqat yem-suvini oʻz vaqtida bersangiz boʻldi.

photo_2020-10-27_17-39-47.jpg

photo_2020-10-27_17-39-48.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorva naslini yaxshilash daromadni ham oshiradi
Жамият
17:39 / 27:10:2020