Choriyeva Iroda Baxriddin qizining fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Chekli o‘lchamli nilpotent va yechiluvchan Li algebralariga mos keluvchi simmetrik Leybnits algebralarining tasnifi” mavzusida
Choriyeva Iroda Baxriddin qizining 01.01.06 – “Algebra” ixtisosligi bo‘yicha “Chekli o‘lchamli nilpotent va yechiluvchan Li algebralariga mos keluvchi simmetrik Leybnits algebralarining tasnifi” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.FM.11.01.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 14-iyul kuni soat 17:00 dagi onlayn majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 9-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Tel.: (99871) 207-91-40
e-mail: uzbmath@umail.uz