O‘z hayotini cho‘ponlik kasbiga baxshida etgan, mehnat ortidan rohatga erishgan matonatli inson taqdiri va kechinmalari haqida badiiy film yaratilmoqda.
“Cho‘liq” kinokartinasida yurtimizning go‘zal va betakror go‘shalari, ona tabiatning bag‘ridagi ko‘zga ko‘rinarli hududlar, ko‘rkam tog‘li manzaralar ko‘rsatiladi.
Suratga olish ishlari Surxondaryo viloyatining Boysun, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo tumanlari, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrining turli hududlarida bo‘lib o‘tadi.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor – Jamoliddin Ro‘ziboyev, postanovkachi operator – Umid Malikov, rassom Huseynbay Eshniyazov, montaj ustasi – Doniyor Shokarimov, kartina direktori – Shohrux Ne’matov.
–Filmda cho‘ponlar hayoti orqali insoniy kechinmalarni, o‘zaro mehr-muhabbat, aka-uka oqibatini ko‘rsatmoqchimiz, – dedi film rejissyori Jamoliddin Ro‘ziboyev. – Suratga olish ishlarini kuz faslida boshladik. Men ijodiy guruh bilan yurtimizning chekka hududlarida ham nihoyatda go‘zal, ko‘rkam maskanlar borligiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Ushbu kinokartinada go‘zal manzaralarni ko‘rsatish barobarida insoniy tuyg‘ularni hayotimizda naqadar qimmatli ekanini ko‘rsatmoqchiman.

Filmdagi asosiy rollarni Karim Mirhodiyev, Tohir Saidov, Behzod Muhammadkarimov, Fotima Rejametova, Farhod Xudoyberdiyev va boshqa aktyorlar ijro etgan.
Ayni kunlarda filmning suratga olish ishlari Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tmoqda.
N.Usmonova,
O‘zA