Bu yilgi yoz juda issiq kelmoqda, oldinda esa hali chilla! Bunday iqlim sharoitida barchamizda salqin suv havzalariga borib dam olishga ehtiyoj seziladi. Biroq aytish joizki, ko‘plab hududlarda haligacha aholi uchun qulay va sanitar-gigiyenik talablarga muvofiq bo‘lgan cho‘milish havzalari tashkil etilmagan.
Shu bois fuqarolarning taqiqlangan hududlardagi daryo va kanallarga borib cho‘milishlarining oxiri ko‘ngilsiz holatlar bilan tugamoqda.
FVV Axborot xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Samandar Hikmatullayevning ma’lum qilishicha, 2023 yilning shu kuniga qadar suvda cho‘kkanlar soni 83 ta, 2024 yilda 73 tani tashkil etgan. Eng achinarlisi, ushbu raqamlar orasida bolalar soni ko‘proq...
<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/PIbzQ2iYKa8" title="Choʻmilish taqiqlangan suv havzalari hayotingiz uchun xavfli" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev (video), O‘zA