Chodakda OKMK yubileyi nishonlandi
Namangan viloyati Pop tumani Chodak qishlog‘ida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, yurtimizdagi yirik ishlab chiqarish quvvatlaridan hisoblangan mazkur korxonada 1160 nafardan ziyod ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Korxona tomonidan Pop tumanida 200 nafar yigitga elektr payvandlash yo‘nalishida o‘quv tashkil etilib, 500 nafar xotin-qiz bandligini ta’minlash uchun tikuvchilik sexi ishga tushirilgani ayni muddaodir.
Tadbirda kon-metallurgiya sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish, eksport qilish va shu orqali el-yurt farovonligini yuksaltirish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh ishchi-xodimlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bayram tadbirida Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.
[gallery-20117]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA