Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tungi vaqtda noma’lum shaxs tomonidan ikki nafar ayolning kaltaklangani xususidagi videolavha barchani hayratga soldi.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida O‘zA muxbiri voqea yuz bergan hududda bo‘lib, holatni o‘rgandi.

Ushbu videoda tasvirlangan voqea: o‘sha yosh yigitning ayol kishilarga tazyiq o‘tkazishi, qo‘pol munosabatda bo‘lishi, kaltaklashi bir qarashda har qanday kishida nafrat tuyg‘usini uyg‘otishi tabiiy.

Xo‘sh, aslida ushbu kelishmovchilik qanday yuzaga kelgan? Bunga aniqlik kiritish maqsadida hozirda Chiroqchi tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida vaqtinchalik hibsda ushlab turilgan X.A bilan suhbatlashdik.

– Tungi vaqtda katta ko‘cha bo‘ylab ketayotgandim, ozgina spirtli ichimlik ham iste’mol qilgandim, – deydi u. – Yonimdan o‘tib borayotgan ikki nafar xotin-qizlardan biri tanishdek ko‘rindi. Ulardan biriga «qandaysan» deya gap otdim. Ular menga javob qaytardimi yo qaytarmadimi hozir aniq yodimda yo‘q, o‘tib ketishdi. Toshkent shahriga mashinalar qatnaydigan bekatga yetib qolganimda haliga ayollardan biri orqamdan yetib kelib, ko‘ylagimdan tortib, «sen kimga gapirayapsan» deb baqirib ketdi. Men esa senga gapirmadim, sherigingga gapirdim, deya javob qaytardim. 

U yoqamdan tortib meni siltab urib ketdi. Jahlim chiqib ketdi men ham yuziga tarsaki tortib yubordim. Sherigi qo‘liga tosh olib menga o‘qtaldi. Ungacha atrofdagilar yig‘ilib tomosha qila boshladi. Ular esa borgan sari menga yopishib, baland ovozda baqirib janjal qilib ketdi. Keyin nima bo‘lganini bilmayman, o‘zimni boshqarib tura olmadim. Qilgan ishimdan qattiq pushaymonman.

Jahlga erk berish, uni jilovlay olmaslik mana shunday salbiy oqibatlarga olib kelishini anglasakda ba’zan kechirilmas xatolarga yo‘l qo‘yaveramiz. Albatta so‘nggi pushaymon o‘zingga dushman.

– Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, – deydi Chiroqchi tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi boshlig‘i Oybek Narzullayev. – Dastlabki, tergov harakatlari davomida 2021 yil 2 may kuni X.A jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida gumondor sifatida ushlangan.

Mazkur ko‘ngilsiz voqeada ko‘proq jabr ko‘rgan asli Shahrisabz tumanilik qizni tuman tibbiyot birlashmasidan topdik.

– O‘zim juda qiynalganman, ijarada yashayman, – deydi jabrlanuvchi T.N. – O‘sha kuni 2 yoshli emizikli qizimni ajratish maqsadida chiroqchilik tanishimnikiga tashlash uchun kelgandim. Baxtga qarshi ularnikida mehmon sifatida biroz o‘tirib qoldim va kechroq yo‘lga chiqdim. Toshkent «stoyanka»siga kelganimda qo‘liga «butulka» ko‘tarib olgan bir yigit shaxsiyatimga tegadigan gap aytdi. U gap menga juda og‘ir botdi va undan «aytgan gapingni isbotlab ber» deya izoh so‘radim. Bu holatga guvoh bo‘lib turgan shu yerdagi shofyor yigitlarga ham qoyil qolmadim. 

Haligi yigitni gij-gijlab ko‘tar-ko‘tar qilishdi. Tomoshabin bo‘lishdi. Keyin tortishuvimiz janjalga aylanib ketdi. Dabdurustdan meni urib-tepib ketdi. Men profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilishini aytib, telefonimni dugonamga berdim. Uning ham sochlaridan tortib urib tashladi. Men kim bo‘lishimdan qat’iy nazar qo‘l ko‘tarishga nima haqqi bor. Hayvonni ham bunday qilib urishmaydi.

– Bemor T.N 1986 yilda Shahrisabz tumani Hojimaydon qishlog‘ida tug‘ilgan. Joriy yilning 2 may kuni o‘ng quloq atrofidagi og‘riq, quloqni yaxshi eshitmasligi va bosh og‘rig‘i bilan shikoyat qilgan va Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan, – deydi bo‘lim bosh shifokori Abduvohid Eshquvvatov. – Bemorda kerakli muolajalarni o‘tkazganmiz va hozirda uning ahvoli qoniqarli.

Ota-bobolarimiz azaldan ayol kishiga hurmat, e’tibor bilan qarashgan. Avaylashgan, e’zozlashgan. Ayollarni ham erkak kishilarga bosh ko‘tarmaslikka uqtirishgan. Nima bo‘lganda ham hodisada bir ojizaga nisbatan vaxshiylarcha munosabatda bo‘lish, tag‘in atrofda bir guruh yigitlarning tomoshabin bo‘lib, tasvirga olib o‘tirishdan or qilmasligini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Kimki jinoyat qilsa, ayb qilsa, adolatli qonunlarimiz hukmiga havola qilish eng to‘g‘ri yo‘ldir. Xulosa o‘zingizdan.

O‘.BAROTOV, J.NORQOBILOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiroqchida ayollar nega kaltaklandi