Qaror va ijro

Molxona tozalanganidan keyin to‘plangan bir arava chiqindini darvozaxonaga to‘kib qo‘ysak nima bo‘ladi? 

Savolga javob berish uchun juda ko‘p mulohaza qilish shart emas. Avvalo, hovli to‘zib ketadi. Atrofni yoqimsiz hid egallaydi. Buni ko‘rganlar uy egasini farosatsizlikda ayblaydi. Hammasiga chidadik ham deylik, lekin chiqindi hovliga kirib-chiqishga yo‘l qo‘ymaydi. Xullas, boshga balo bo‘ladi.

Agar bu “balo” joyiga – tomorqadagi bir tupgina olcha daraxtining tagiga tashlanganida hammasi yaxshi bo‘lar edi. Chunki go‘ng mahalliy organik o‘g‘it sanaladi, u yerga va daraxtga naf keltiradi.

Endi masalaga boshqa tomondan ham qarab ko‘ramiz. Uyimiz, sanoat zonalari, qurilish maydonlaridan qancha-qancha qattiq chiqindilar chiqadi? Ularni nima qilmoq kerak? Bu savolga javob topish uchun esa dunyoda katta-katta tashkilotlar, ko‘plab olimlar bosh qotirmoqda.

Bugungi kunda global miqyosda ekologik muammolar ortib borayotgan bir paytda, chiqindilarni samarali boshqarish va qayta ishlash masalasi har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iste’mol darajasining oshib borishi, ishlab chiqarishning kengayishi bilan chiqindilar hajmi ham ortmoqda. Bu esa atrof-muhit, inson salomatligi va iqtisodiyot uchun jiddiy xatarlar tug‘dirmoqda. Mazkur muammoga javob sifatida ko‘plab davlatlar chiqindilarni qayta ishlash tizimini joriy etib, uni samarali yo‘lga qo‘ygan. Bu borada O‘zbekiston oldida ham muhim vazifalar turibdi.

Shu o‘rinda ba’zi raqamlarni keltirib o‘tamiz.

Mamlakatimizda yiliga o‘n to‘rt million tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Bu katta raqam. Lekin ularning atigi to‘rt-besh foizi qayta ishlanadi. Bu esa juda kichik raqam.

Chiqindi poligonlaridan yetti million tonnadan ziyod issiqxona gazlari atmosferaga chiqadi. Qirq uch ming tonna zararli filtratlar yer ostiga singadi. Bu raqamlar kishini o‘yga toldirishi shubhasiz.

Dunyoda bir qator davlatlar chiqindilarni qayta ishlashni nafaqat ekologik, balki iqtisodiy samara manbai sifatida ham qabul qilgan.

Masalan, Germaniya chiqindini qayta ishlash bo‘yicha dunyoda yetakchi davlat hisoblanadi. Har bir xonadonda chiqindini saralash majburiy hisoblanadi. Bu bo‘yicha qonunchilik qat’iy va javobgarlik mexanizmlari kuchli ishlaydi.

Janubiy Koreyada esa organik chiqindilarni alohida yig‘ish va kompostlash texnologiyalarini qo‘llashga e’tibor qaratiladi. Bu orqali yerdagi poligonlarga bo‘lgan ehtiyojni keskin kamaytirishga harakat qilinadi. Jarayonga aholi ham juda faol jalb etilgan.

Shvetsiyada esa chiqindini qayta ishlashdan olinayotgan energiya hisobiga mamlakatning katta qismidagi uy-joylar isitish tizimi bilan ta’minlanadi.

Davlatimiz rahbari shu yilning 24 martida uchta muhim qarorni imzoladi. Bu hujjatlar mazmunan juda yaqin, bir-birini to‘ldiradi. Ya’ni qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishga qaratilgan tashabbuslarni rag‘batlantirishi bilan ahamiyatli.

Uch hujjatga ko‘ra, Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. 

– Qarorlarga ko‘ra, belgilangan hududlarda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ekologik partiya fraksiyasi a’zosi Azizbek Akbarov. – Shuningdek, sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etiladi. Elektr energiyasini sotib olish va qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 30 yil davomida kafolatlangan tarzda sotadi. Investor va loyiha kompaniyalari 2025–2027 yillarda belgilangan miqdordagi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalarni ishga tushirishni ta’minlaydi. 

Qaror bilan, xususan, Toshkent viloyatida kuniga 2,5 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali 390 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ham kuniga 1,5 ming tonnadan chiqindilarni termik qayta ishlab, elektr energiyasi olishga erishiladi. 

O‘tgan yilning oktyabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ulardan elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqarish loyihalari taqdimoti bilan tanishgan edi.

O‘shanda chiqindilarni qayta ishlash orqali ham uning tabiatga ta’sirini kamaytirish, ham foyda olish mumkinligi ta’kidlangandi. Shu maqsadda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan xorijiy investorlar bilan hamkorlikda qator loyihalar ishlab chiqilganligi qayd etilgan.

Prezident o‘sha paytdayoq bu loyihalarning ijtimoiy ahamiyatiga alohida urg‘u bergan edi. Bular shunchaki zavod emas, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalardan biri ekanligi ta’kidlangan.

Darhaqiqat, yer-suvlarimizning yaroqliligi ham, aholi salomatligi ham, havo tozaligiyu energetika barqarorligi ham shu soha rivojiga bog‘liq. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda chiqindilar to‘g‘ri to‘planib, ko‘proq qayta ishlansa, ekologik muvozanat yaxshilanadi.

Ikrom AVVALBOEV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish yo‘lidagi dastlabki dadil qadamlar