30 mart – Xalqaro chiqindisiz kun

Ma’lumotlarga ko‘ra, insoniyat har yili taxminan 2,24 milliard tonna qattiq maishiy chiqindilarni hosil qiladi. Shundan atigi 55 foizi nazorat qilinadigan ob’ektlarda boshqariladi. Har yili taxminan 931 million tonna oziq-ovqat yo‘qoladi yoki isrof qilinadi va 14 million tonnagacha plastik chiqindilar suv ekotizimlariga tushadi.  

Chiqindilar nafaqat O‘zbekistonni balki butun dunyo ahlini tashvishga solayotgan muammoga aylandi.  

Yuzaga kelayotgan ekologik muammolar sababli O‘zbekiston havo ifloslanishi bo‘yicha o‘tgan 2022 yilda jahon reytingida 12-o‘rinni, Toshkent esa havosi ifloslangan poytaxtlar reytingida 10-o‘rinni egalladi.  

Polietilen paketlardan foydalanish taqiqlanishiga qaramay, ularning sotuvi avj pallasida. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, do‘konlarda biz xarid qilayotgan mahsulotlar solib berilgan sellofan paket yerda 400 yilda chiriydi. Aslida biz osongina chiqindixonalarga uloqtirib ketadigan sellofan paketlar, avtomobil akkumulyatori, batareykalar, g‘isht va beton bo‘laklari kabi 100 yilga qadar saqlanib turadi. Konserva quti, plastik idishlar, charm oyoq kiyimlar va neylon matolar 40-50 yil, kartonli sut, sharbat idishlari 5 yil, gazeta va kitob qog‘oz 2 yil hamda oziq ovqat chiqindisi 1 oygacha muddatda chirimaydi.  

Statistikaga ko‘ra, inson bir kunlik faoliyati davomida o‘rtacha 1-1,5 kg. chiqindi hosil qiladi. Ammo afsuski, umuman chirimaydigan chiqindilar mavjudligiga ko‘p ham ahamiyat bermaymiz. Oyna 1000 yildan ortiq, alyuminiy quti 500 yil, plastik baklajka 450 yil, plastik taglik 250 yildan 500 yilgacha saqlanib qolishi, saralanmasdan umumiy chiqindilar bilan poligonga chiqarib tashlanadigan shu kabi ba’zi chiqindilarning chirish muddati uch avlodni ortda qoldirishi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rmaymiz.  

Biz atrofga shunchaki uloqtirib ketayotgan batareykalardagi kimyoviy moddalar 1 kv.metr joyni 20 yilga zaharlab, u yerdagi barcha mikroorganizmlarni o‘ldiradi.  

"Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish" DK mutasaddilarining ta’kidlashicha, aksariyat aholi chiqindini saralab tashlamaydi. Agar aholi xonadonidan chiqindini saralab olib chiqsa, poligonlarga boradigan chiqindining hajmi ham qisqaradi.  

Maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 60- 85 foizini qayta ishlash mumkinligini ko‘rsatmoqda.  

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida bir kun davomida bitta fuqarodan 0,6-0,8 kg., umumiy aholi hisobida esa kuniga 18-20 ming tonna chiqindi hosil bo‘ladi.  

Bugun respublikada chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha 256 ta korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan o‘tgan 2022 yilda 2,2 million tonna (hosil bo‘lgan chiqindining 32,4 foizi), jumladan, 295,9 ming tonna qog‘oz, 798,3 ming tonna polietilen, 234,2 ming tonna shisha, 10,6 ming tonna tekstil, 360,7 ming tonna metall, shuningdek, 4,3 ming tonna moy va 491,9 ming tonna boshqa turdagi chiqindilar qayta ishlangan. 4,6 million tonna qattiq maishiy chiqindilar poligonlarga joylashtirilgan.  

Chiqindini yoqishdan hosil bo‘lgan kuldan metallar ham olish mumkin. Ammo afsuski, bugungi kunda mamlakatimizda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish va ulardan muqobil energiya olish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxona mavjud emas.  

Mamlakatimizda ham aholining ekologik madaniyatini, ekologik ongini oshirish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramay, qo‘lidagi chiqindi to‘la sellofan xaltani duch kelgan joyga uloqtirib ketayotganlar hamon topiladi. Bizning qonun-qoidalarimizda ham chiqindini belgilanmagan joyga tashlaganlar uchun jarima belgilangan bo‘lsada, hududlarda yoshlar, bolalar cho‘miladigan kanallar axlatga to‘la. 

Ba’zi aholi gavjum bo‘lgan hududlarda har 50 metr, har 100-120 metr masofada ham chiqindi qutilarini uchratmaymiz. Butun boshli katta bozorlarda atigi 1-2 ta quti topiladi, xolos. Shu kabi mavjud muammolar natijasida o‘tkinchi yo‘lovchilar chiqindini yerga, duch kelgan joyga tashlab ketadi. Shuningdek, oramizda maxsus chiqindi qutilariga borishga erinadiganlar ham bor. Daraxtlar shoxida ilinib yotgan polietilen paketlar esa ko‘zimiz uchun odatiy holga aylanib bo‘lgan. Mavjud muammolardan kelib chiqib, chiqindi bo‘yicha nazorat ishlari qoniqarli tarzda tashkil etilmagan, degan xulosaga kelish mumkin.  

Tegishli qonunchilikka muvofiq, ko‘p qavatli uylarda, tashkilotlarda 1 tadan, yer osti o‘tish joylariga 2 tadan, madaniyat va istirohat bog‘larida har 800 metr kvadrat maydonda 1 tadan, yo‘laklarga 40 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada 1 tadan maxsus chiqindi qutilari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, bozor, bekat, avtoturargoh va mashinalarni vaqtincha saqlash maydonchalarida 1-2 tadan chiqindi qutilari o‘rnatilishi lozim. Davolash muassasalarida, maydonlar, yo‘laklar hamda magistral ko‘chalarning piyodalar hududi bo‘ylab, shuningdek, ko‘priklarda, piyodalar serqatnov bo‘lgan hududda 50 metrdan, odam kam joylarda esa har 100 metrdan oshmagan masofada 1 tadan quti qo‘yish maqsadga muvofiq.  

Chiqindi muammosini e’tiborsiz qoldirish tabiiy resurslar va tabiatning kutilmagan o‘zgarishlariga sabab bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida qayg‘urish faqatgina soha vakillarining vazifasi emas. Har bir fuqarodan mazkur muammoga to‘g‘ri yondashuv talab etiladi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiqindi – dunyo ahlini tashvishga solayotgan muammo