Chingiz Aytmatov yodgorligi poyiga gullar qo‘yildi
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-umumta’lim maktabida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Toshkent viloyati va Parkent tumani hokimliklari tashabbusi bilan qirg‘iz xalqining atoqli adibi Chingiz Aytmatovning xotirasiga bag‘ishlab ma’naviy va ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti professori, adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshev, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir va boshqalar Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodi, uning betakror asarlari xaqida gapirdi.
Maktab o‘quvchilari adibning asarlaridan sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va raqslar ijro etishdi.
Adibning byusti poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
Muxtasar Qodirova,
O‘zA