FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida tomorqadan unumli foydalanib, mo‘may daromad topayotgan oilalar ko‘pchilikni tashkil etadi. “Tazg‘ara” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Axmet Smetov ulardan biri.
Omilkorning 43 sotix maydondagi tomorqasida olma, nok, gilos, o‘rik, behi, olxo‘ri kabi mevali daraxtlar parvarishlanadi. Daraxtlar orasiga turli sabzavot va poliz ekinlari ekiladi. Shuningdek, uzum va asal yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Tomorqadan har yili 100 million so‘mga yaqin daromad olinmoqda.
Axmet og‘a Smetovning tomorqachilikdagi tajribasi hududdagi yer egalariga katta maktab vazifasini bajarmoqda.
[gallery-21948]
Samarali xizmatlari uchun omilkor O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan “Ardoqli nuroniy” ko‘krak nishoni hamda Nukus shahrida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Hosil – 2024” bayram saylida “Eng namunali tomorqa egasi” nominatsiyasi g‘olibi sifatida zamonaviy kultivator bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA