Ijtimoiy tarmoqlarda "Chilpiq arxeologiya yodgorligi madaniy meros boshqarmasiga qanchalik qadrli? Qoraqalpog‘iston xalqiga-chi?" degan sarlavha ostida bildirilgan fikrlar yuzasidan Madaniy meros agentligi rasmiy izoh berdi.

Agentlik xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida joylashgan "Chilpiq" arxeologik yodgorligi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori bilan milliy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan.

Bugungi kunda "Chilpiq" — Qoraqalpog‘istonning eng mashhur tarixiy obidalaridan biri bo‘lib, respublika davlat gerbida ham tasvirlangan. Mahalliy va xorijiy sayyohlar orasida keng e’tiborga ega bo‘lgan bu yodgorlikka tashrif buyuruvchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Yodgorlikka olib boruvchi yo‘llar infratuzilmasi yaxshilangan, zinapoya barpo etilib, tashrif buyuruvchilarga qulayliklar yaratilgan.

"Chilpiq" birinchi bor 1940 yilda SSSR Fanlar Akademiyasining Xorazm ilmiy-arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan, Sergey Tolstov va Yahyo G‘ulomov rahbarligida o‘rganilgan. Aylana shaklidagi bu qadimiy inshoot qalin paxsa devor bilan o‘ralgan bo‘lib, kirish uchun maxsus ochiq yo‘l qoldirilgan. Mahalliy aholi bu joyning paydo bo‘lishini turli afsonalar bilan bog‘laydi.

2025 yilning 4–6 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Orol madaniyat sammiti doirasida "Chilpiq" yodgorligi fonida ochiq osmon ostida katta konsert o‘tkazildi. Bu tadbir uning tarixiy va madaniy ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

"Chilpiq" bugungi kunda nafaqat arxeologlar, balki tarix, madaniyat va san’at ixlosmandlari uchun ham bebaho meros hisoblanadi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Chilpiq" arxeologik yodgorligiga doir xabarlarga Madaniy meros agentligi rasmiy munosabat bildirdi