Chili hukumati elchini tan oldi
Chili Prezidenti Sebastyan Pinyera Venesuelaning muvaqqat Prezidenti Xuan Guaido tayinlagan elchini tan oldi.
Chili Prezidenti Sebastyan Pinyera Venesuelaning muvaqqat Prezidenti Xuan Guaido tayinlagan elchini tan oldi. Bu haqda Chili yetakchisi Twitterdagi sahifasida maʼlum qilgan.
“Chili hukumati Venesuela Milliy assambleyasi tayinlangan Guarekenu Gutyerresni bu mamlakat elchisi sifatida tan oladi”, deb yozadi Pinyera.
Maʼlumot oʻrnida, oʻzini “surgunda” deb biluvchi Gutyerres 2018 yilning sentyabridan buyon Chilida yashaydi.