Chigit ekish ishlari jadal davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida bahorgi dala ishlari, xususan, chigit ekish jarayonlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Jumladan, Olot tumanidagi “Haydar Niyoz” fermer xo‘jaligida ekish ishlari tizimli tashkil etilgan. Mazkur xo‘jalikda 30 gektar maydonda chigit qadash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ekish jarayonlari mutasaddi tashkilotlar hamkorligida, belgilangan agrotexnik talablarga rioya etgan holda olib borilmoqda. Xo‘jalikda yuqori hosildor “Xin Lu Zao 57” navli urug‘lar qo‘llanilmoqda.
[gallery-28758]
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bahorgi agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuqori hosildorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA