Chexiya va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari durangga imzo chekishdi
Dastlabki turda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan ikki terma jamoa Chexiya va JAR o‘zaro bahs olib bordi.
Jahon chempionatining 2-tur bahslariga start berildi.
Dastlabki turda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan ikki terma jamoa Chexiya va JAR o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. Bahsning 6-daqiqasidayoq chexiyaliklar futbolchisi Mixail Sadilek gol urib hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa ular hisobni ushlab qolish uchun harakatni boshlab yubordi. Biroq bu samara bermadi. 83-daqiqaga kelib. JAR belgilangan penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Ushbu hisob o‘yin so‘nggiga qadar boshqa o‘zgarmadi va jamoalar o‘z hisoblariga 1 ochkodan yozdirib qo‘ydi.