Chexiya hukumati iste’foga chiqdi
Parlament saylovlaridagi mag‘lubiyatdan keyin bosh vazir Andrey Babish boshchiligidagi Chexiya hukumati iste’foga chiqishga qaror qildi.
“Hukumat Petr Fiala rahbarligidagi yangi konservativ koalitsiya ko‘pchilikni tashkil qilishini tan oladi”, dedi Babish.
Iste’fo bo‘yicha ariza shifoxonada bo‘lgan prezident Milosh Zemanga yuborilgandi.
Davlat rahbari matbuot kotibi Irji Ovchachek hukumat sayti orqali prezident hukumat iste’fosini qabul qilgani va hukumat a’zolari yangi hukumat tuzilganicha ishlab turishi bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi.
8-9 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlardagi g‘alabadan keyin konservativ va liberal partiya quyi palatada ko‘pchilikni tashkil qilib, koalitsiya ham tuzib ulgurdi. Babish yangi hukumat tuzilgunicha bosh vazir vazifasini vaqtincha bajarib turadi.