Buyuk Britaniya hukumati parlament maydonidagi Uinston Cherchill haykali ustiga chiqish jinoyat hisoblanishini ma’lum qildi, deb yozdi BBC.

Ayni huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs Qirollikning Ikkinchi jahon urushi davridagi yetakchisini tahqirlaganligi uchun uch oygacha qamoq jazosi va 1000 funt sterling miqdorida jarima bilan jazolanishi mumkin.

Cherchill haykali rasman Britaniyaning urush davri yodgorligi sifatida tasniflanmagan, biroq ichki ishlar vaziri Ivette Kuper maxsus yodgorliklar ro‘yxatiga qo‘shish rejalashtirilayotganini aytdi. Mazkur taklif hozir parlamentda ko‘rib chiqilayotgan “Jinoyat va politsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasida mavjud. Bosh vazir Kir Starmer tashabbusni qo‘llab-quvvatlarkan, shunday dedi:

– Ser Uinston Cherchill mamlakatimizning eng buyuk qahramonlari cho‘qqisida turibdi. U har bir Bosh vazir uchun ilhom manbaidir.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Cherchill haykaliga teginganlar qamaladi