Chempionlar tug‘ilmaydi! Ular mana shunday tarbiyalanadi… (+video)
Chempionlik shohsupasiga chiqishdan avval bosib o‘tiladigan yo‘l qanday? Bir bolani chempion qilib tarbiyalash uchun murabbiy nimalardan voz kechadi? Nega ba’zi bolalar yo‘lning yarmida to‘xtaydi-yu, boshqalari esa tarix yozadi? Ushbu savollarga javob olish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumani, 248 maktab qoshida tashkil etilgan professional karate to‘garagida bo‘ldik.
Sir emaski, har bir chempionning bo‘ynidagi medal ortida yuzlab mashg‘ulotlar, minglab takrorlar, mag‘lubiyatlar, ko‘z yoshlari va eng muhimi — ishonchini yo‘qotmagan ustoz turadi.
Ba’zi holatlarda ota-onasi bilan keladigan kichkintoylar to‘garakka kirishni istamaydi. Onasining qo‘lini mahkam ushlab yig‘laydi, qaytishni xohlaydi. Ammo o‘ziga ishongan professional murabbiy esa uning kelajagini ko‘z yoshlaridan ustun qo‘yadi. Qolaversa, shogirdiga faqat zarba berishni emas, hayotda yiqilmaslikni ham o‘rgatadi.
Bu gal sizga medallar haqida emas, o‘sha medallarga olib boradigan mashaqqatli yo‘l haqida hikoya qilamiz.
Batafsil: <iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/vWoGn7xmRYw" title="Chempionlar tug‘ilmaydi! Ular mana shunday tarbiyalanadi…" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, Oybek Davronov, O‘zA