Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy liga ayollar jamoalari o‘rtasida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan Andijon davlat pedagogika institutining “ADPI” jamoasi tantanali kutib olindi.

Poytaxtimiz Toshkent shahridagi JAR sport majmuasida oliy liga ayollar jamoalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 3-tur musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda mamlakatimizning eng kuchli jamoalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib bordi.  

Tur doirasida o‘tkazilgan olti uchrashuvning barchasida raqiblaridan ustun kelgan, tajribali murabbiy Tavakkal O‘tanov boshchiligidagi “ADPI” jamoasi ushbu va avvalgi ikkita tur o‘yinlari yakuniga ko‘ra, eng ko‘p ochko jamg‘arib, O‘zbekiston chempioni degan, sharafli nomga sazovor bo‘ldi.  

Andijon davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida chempion jamoa tantanali kutib olindi. Marosimida so‘z olgan institut rektori, professor Baxtiyor Rasulov jamoa a’zolari, ularning ota-onalari, murabbiy va muxlislarini erishilgan muvaffaqiyat bilan muborakbod etdi.  

– Jamoamiz chempionatning barcha tur doirasidagi o‘yinlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazdi, – deydi “ADPI” jamoasi sardori, institutning Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Gulyora Abdurahmonova. – Yakunda murabbiy va ustozlarimiz, muxlislarimiz ishonchini qozonib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdik. Mazkur zafar institutimiz sportchilarining yuksak salohiyati ifodasidir.  

Chempionlik nafaqat jamoamiz a’zolarini, balki institutimizning barcha talaba sportchilarini yangi-yangi yutuqlar sari ilhomlantiradi.  

[gallery-23314]

Tadbirda chempion qizlar va jamoa murabbiylariga institut rektorining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Tadbirning madaniy qismida talabalarning “Afsona” orkestri hamda “Yoshlik” xor jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga xush va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.  

F.Ubaydullayev,

Z.Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chempionlar tantanali kutib olindi