Chempionat qizg‘in davom etmoqda
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 8-12 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Unda ikki yuzdan ziyod shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 8-12 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Unda ikki yuzdan ziyod shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.Sakkiz yoshli bolalar o‘rtasidagi bahslarda Alixon Avazxonov, Humoyun Bekmurodov, Humoyun Sindorov, Shahrom Karimov, Muhammadiqbol Anvarjonov, Asrorbek Omonov, Sherali Ravshanov, Xondamir Elmirzaev ikki ochkodan jamg‘argan.
Afro‘za Hamdamova, Dilnura Azamatova, Maxfuza Bobojonova, Gulhayo Majidova, Sharofat Saydaliyeva, Muslima Hamidova va Mohinur Ergashalieva ham ikki partiyani o‘z foydasiga hal qildi.
O‘n yoshgacha bolalar bahsida Islombek Sindorov, Sulton Tursunov, Abdulbosit Sharifjonov, Rasulbek Abdullayev, Akobirxon Saydaliyev va Umarxon Faxriddinxo‘jayev musobaqani mag‘lubiyatsiz davom ettirmoqda. Guldona Karimova, Ruxshona Rahimberdiyeva, Nozimaxon Dilmurodova, Muyassar Mirzaahmedova, Muslima Xayrullayeva va Barchinoy Shokirjonova hisobida ikki ochkodan bor.
O‘n ikki yoshgacha ishtirokchilar o‘rtasida Javohir Sindorov, Hadiyatullo Muhammedov, Shohjahon Usmonov, Olmos Rahmatullayev, Fayzulla Halimjonov, Mirfayz Sunnatov, Maftuna Bobomurodova, Mohinur Habibullayeva, Omina Nazarova, Muslima Abdumalikova, Ruxshona Abdushukurova, Ruxshona Bashriddinova va Sabina Sobirova peshqadamlar safida bormoqda.