Chempionat musobaqalari qizg‘in o‘tmoqda
Shu kunlarda Namangan shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha 2005-2006, 2007-2008 yilda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Unda yurtimizning barcha hududlaridan 150 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Chempionatning bugungi kun bahslari ajoyib, noan’anaviy tarzda boshlandi. Musobaqa “Mo‘ynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoni bilan uyg‘unlashib ketdi. Chempionat qatnashchilari dastlab velomarafonda ishtirok etib, “Uch favvora” xiyoboni oldidan Pop tumanigacha bo‘lgan 60 kilometrlik yo‘lni bosib o‘tdi.

Shundan so‘ng, sportchilar chempionatning navbatdagi bosqich musobaqalarida qatnashib, quyidagi natijalarni qayd etdi.
Guruh poyga 48 ayl. 8 o/f – o‘smirlar:
1. Farrux Bobosherov (Farg‘ona viloyati).
2.Diyor Tohirov (Toshkent viloyati).
3. Ruslan Jaloliddinov (Toshkent shahri).
Guruh poyga 30 ayl. 5 o/f – kichik yoshdagi o‘smirlar:
1. Nursulton Tursunov (Samarqand viloyati).
2. Vitaliy Burlakov (Samarqand viloyati).
3. Nikita Yeremov (Samarqand viloyati).
Guruh poyga 30 ayl. 5 o/f – qizlar:
1. Asal Rizayeva (Guliston Olimpiya zaxiralari kolleji).
2. Kseniya Li (Toshkent viloyati).
3. Dinara Atajonova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi).
Guruh poyga 18 ayl. 3 o/f – kichik yoshdagi qizlar:
1. Yana Mishinova (Samarqand viloyati).
2. Samira Ismoilova (Toshkent shahri).
3. Sultanoy Abdullayeva (Toshkent shahri).
Mohigul Qosimova, O‘zA