Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 8 va 10 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan 100 nafardan ziyod yosh shaxmatchi bahslashmoqda.

Yurtimizda so‘nggi yillarda shaxmat jadal rivojlanib, yoshlar o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib voyaga yetkazishning muhim vositasi bo‘lgan bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida yoshlar orasidan chempionlar yetishib chiqmoqda.

Mazkur musobaqa ham iqtidorli o‘g‘il-qizlar orasidan yangi nomlarni kashf etish, ularning kelajakda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda o‘z salohiyatini namoyon etishi yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Chempionatning 8 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida qatnashayotgan rapid va blits shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, poytaxtlik Islombek Sindorov birinchi turda qashqadaryolik Asomiddin Muhiddinovni mag‘lubiyatga uchratdi. Shaxmat bo‘yicha Osiyo chempioni Oqjo‘l Rahmatullayev ham dastlabki partiyada surxondaryolik Mirjalol Ashurov ustidan g‘alaba qozondi. 

Birinchi turda o‘n ikki nafar shaxmatchi raqiblarini yenggan bo‘lsa, ikki nafari o‘zaro durang o‘ynadi.

24 nafar shaxmatchi ishtirokida o‘tayotgan qizlar bahsida bironta durang natija qayd etilmadi. Samarqandlik Ruxshona Rahimberdiyeva, farg‘onalik Vasila Abdujabborova, Toshkent viloyatidan Sarvinoz Abubakirova, poytaxtlik Rofiya Sultonqulova, navoiylik Shahrizoda Bashriddinova, surxondaryolik Sevinch Turdimurodova, sirdaryolik Gulasal Hayitboyeva va qashqadaryolik Mehribon Egamberdiyeva kabi shaxmatchilar birinchi turni o‘z foydasiga hal qildi.

10 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Javohir Sindorov qoraqalpog‘istonlik Lochinbek Mamajonovni yengib, bir ochkoga ega bo‘ldi. Ushbu bahsda yana o‘n ikki nafar shaxmatchi g‘alaba qozondi, olti nafar shaxmatchi durang natija qayd etdi. Qizlar bahsida esa 15 nafar shaxmatchi dastlabki ochkoni qo‘lga kiritdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chempionat boshlandi