Cheklanganlik chetda qolish degani emas
FOTOREPORTAJ
Nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish, ularning intellektual, axloqiy va jismoniy rivojlanishga bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, sog‘lom va xavfsiz turmush tarzini rivojlantirish hamda inklyuziv ta’lim oluvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan yurtimizdagi barcha Yoshlar markazi binolarida “Inklyuziv ta’lim markazi” tashkil etilgan.
[gallery-7345]
Surxondaryo viloyatidagi mazkur markaz ish boshlaganiga hali bir yil bo‘lgani yo‘q. Unda imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun tikuvchilik, to‘quvchilik, gilamdo‘zlik, rassomchilik kabi yo‘nalishlarda to‘garaklar ochilgan.
Maxsus ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga ishonch va o‘zini qadrlash hissi u qadar kuchli bo‘lmaydi. Markazda bunday bolalarga motivatsiya berish maqsadida imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, hayotda salmoqli yutuqlarga erishib, sog‘lom tengdoshlari qatorida baravar qadam tashlayotgan yigit-qizlar bilan doimiy uchrashuv va suhbatlar tashkil etiladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA