Chekka qishloqda xususiy bog‘cha faoliyat boshladi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida joylashgan Poshton qishlog‘i tumanning chekka qishloqlaridan biri bo‘lib, tuman markazidan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Ushbu qishloqda 300 nafardan ziyod maktabgacha yoshdagi bolalar bor va ular shu kunga qadar maktabgacha ta’limdan bebahra edi. Mahalla markazidagi davlat bog‘chasi esa uzoqligi tufayli qatnash qiyinchilik tug‘dirardi.

Tadbirkor Elmurod Mirzayev tashabbusi bilan qishloqdagi faoliyat yuritmay kelayotgan eski tibbiyot punkti binosi o‘rnida 50 o‘rinli “Yangi O‘zbekiston erkatoylari” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qurib foydalanishga topshirildi.

Mazkur bog‘chada bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun yetarlicha qulayliklar yaratilgan.

Bog‘chaning ochilishida tuman hokimi Behzodjon Yusupov va tuman mas’ullari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
O‘lmas Barotov, O‘zA