So‘nggi kunlarda internet, ijtimoiy tarmoqlarda aksiyalar, tovarlarning kelishilgan miqdorini sotib olish sharti bilan taqdim etiladigan chegirmalar, mavsumiy chegirmalar tashkil qilingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bunda ko‘pincha muayyan holatga chegirmalar asosan kompaniyaning yilligi, milliy bayram va boshqalar munosabati bilan keng qo‘llaniladi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim yirik savdo tarmoqlari foyda olish maqsadida ko‘pincha xaridorlar bilan turli xil manipulyatsiyalarga kirishishi, masalan, dastlab taklif qilinadigan tovarlarning narxlari iloji boricha haddan tashqari oshirib yuborilishi, so‘ngra ularning narxi haqiqiy narxigacha tushirilishi mumkin. Bunda xaridorlar tomonidan chegirmali tovarlarni xarid qilish orqali ularda foydali xarid xayolini, illyuziyasini keltirib chiqarishi mumkin.  

Odatda ko‘pincha, bayramlar oldidan yirik savdo markazlari va do‘konlar tovar narxlarini keskin ko‘tarib, keyin esa chegirmalar e’lon qilish orqali go‘yoki tovar narxlari keskin tushirilgani to‘g‘risida reklamalar beradi. Haqiqatda esa chegirmadagi tovar narxi eski narxdagi holatiga qaytarib, go‘yoki 20-30 foiz chegirmalar qo‘llanilgandek taqdim etiladi.  

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z navbatida, tovarlarni, mahsulotlarni chegirma bilan sotish holatlariga e’tiborliroq bo‘lish, tovarlarni sotib olishdan oldin uning sifati va nuqsonsiz ekanini tekshirishni unutmaslikka chaqiradi.  

O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga muvofiq, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shartligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish bilan bog‘liq munosabatlar “Reklama to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.  

Mazkur qonunning 16-moddasiga ko‘ra, nomaqbul (noto‘g‘ri, axloqsiz, yashirin reklama, shuningdek, ushbu qonun talablariga mos kelmaydigan boshqa reklama) reklama taqiqlangan.  

Shu bois, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi iste’molchilardan tovarlarni chegirma bilan xarid qilishda to‘siq va muammolar yoki noto‘g‘ri va ishonchsiz reklamalar tarqatish holatlari kuzatilgan taqdirda Qo‘mita ishonch raqami orqali (1159) murojaat qilishni so‘ramoqda.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegirma e’lon qilingan mahsulotlarni sotib olishda adashmang – Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi