Chegarachilar uchun yangi bino
Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli 9224-harbiy qism 3-postining yangi ma’muriy va qo‘shimcha binolari foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari E.Turdimov, viloyatdagi huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etdi.


Mehmonlar yangi inshootlarda chegarachilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi. Shuningdek, harbiylar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma ko‘zdan kechirildi.








G‘.HASANOV, O‘zA