Yurtimiz chegara maskanlarida fitosanitariya xavfsizligini ta’minlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Natijada, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi kinologiya xizmati tomonidan «detektor itlar» yordamida yuqori fitosanitar xavfga ega mahsulotlarning O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirilishining oldi olinmoqda.

Andijon viloyatining “Do‘stlik” o‘simliklar karantini chegara maskanida Qirg‘iziston Respublikasidan kirib kelayotgan transport vositasi kinologlar tomonidan karantin nazoratidan o‘tkazilganda og‘irligi 105 kilogrammga teng atirgul ko‘chatlari borligi aniqlandi. Holat yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, yuqori fitosanitar xavfga ega mahsulot ortga qaytarildi. 

Xuddi shu chegara maskani orqali kirib kelayotgan yana bir qirg‘izistonlik fuqaroning qo‘l yukida 50 dona atirgul hamda rezavor meva ko‘chatlari borligi ma’lum bo‘ldi. Unga o‘simlik namunalarini olib o‘tish bilan bog‘liq tartib tushuntirilib, yuk ortga qaytarildi. 

Toshkent viloyatining Chinoz tumani “Yallama” o‘simliklar karantini chegara maskaniga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan harakatlanib kelayotgan fuqaroning qo‘l yuklari karantin nazoratidan o‘tkazilganda undan fitosanitar xavfi yuqori bo‘lgan 500 gramm sabzavot urug‘i topildi. Bu holatda ham yo‘lovchi mahsulotga fitosanitar sertifikat va ichki karantin ruxsatnomasi kabi zaruriy hujjatlarni taqdim eta olmagan. Topilgan yuk ortga qaytarildi.

Surxondaryo viloyatining “Ayirtom" o‘simliklar karantini chegara maskanida ham qonunbuzarlik holati kuzatildi. Mamlakatimiz hududiga Afg‘onistondan kirib kelayotgan fuqaro yuqori fitosanitar xavfga ega bir qator mahsulotlarni olib o‘tishga harakat qilgan. Uning yuklari karantin nazoratidan o‘tkazilganda fitosanitar xavfi yuqori bo‘lgan 1 kg gul urug‘i, 500 gramm ziravorlar urug‘i borligi ma’lum bo‘ldi.

Tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan fuqaroga o‘simlik namunalarini olib o‘tish bilan bog‘liq tartib tushuntirildi va mahsulotlar ortga qaytarib yuborildi.

O‘z o‘rnida ushbu fuqarolar O‘zbekistonda bu borada o‘rnatilgan tartibga rioya qilib, mahsulotlarni hujjatlar asosida olib o‘tganlarida ortiqcha ovoragarchilikning oldini olgan bo‘lardilar. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/T6-dP3onnO0" title="Chegara maskanlarida fitosanitariya xavfsizligi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegara maskanlarida fitosanitariya xavfsizligi (+video)