Chechenistonda “ayollar” taksisi faoliyat boshlaydi
Chechenistonda nafosatli jins vakilalari uchun yangi xizmat – “ayollar” taksisi faoliyat boshlaydi.
Chechenistonda nafosatli jins vakilalari uchun yangi xizmat – “ayollar” taksisi faoliyat boshlaydi. Mahalliy tadbirkor Madina Sakayeva mazkur loyiha tashkilotchisi boʻldi.
TASS uning “Men ayolman, bu xizmat turi zaruratligini bilaman”, deganini iqtibos qilgan. Loyihani qoʻllab-quvvatlagan jamgʻarma vakilining aytishicha, “Taksilarni ayol haydovchilar boshqaradi”. Maʼlum qilinishicha, bunday taksilardan dastlab ikkitasi, keyin esa beshtasi ishga tushadi, ehtiyojga qarab ular 17 tagacha yetkaziladi.