Rossiyada konkur yo‘nalishi bo‘yicha "Vivat, Rossiya!” nomli ot sporti klubida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda o‘zbek chavandozlari shohsupaga ko‘tarildi.

Musobaqaning murakkabligi bilan ajralib turadigan 2 metr balandlikdagi 6 to‘siqli yo‘nalishda Alisher Erkinov "Kondor" laqabli otida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Etos" nomli tulporida shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.  

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, A.Erkinov bundan avval mazkur turnirning  balandligi 145 sm. bo‘lgan to‘siqlardan ot sakratishda bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Shuningdek, yana bir tajribali chavandozimiz Bekzod Qurbonov "Matts VG" laqabli otida to‘siq balandligi 140 sm. bo‘lgan bahslarda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlarimizning Rossiyadagi muvaffaqiyatlari