Poytaxtimizda « FEI JUMPING WORLD CUP EURASIAN LEAGUE» xalqaro musobaqasining ikkinchi bosqichi yakunlandi.
E’tiborlisi shundaki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi konkur bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur musobaqaning yakkalik yo‘nalishida 12 ta oltin va jamoaviy bahsda 2 ta oltin, 11 ta kumush va 8 ta bronza medaliga ega chiqdi, bellashuvlar yakunida esa 33 ta medalga sazovar bo‘ldi.
Aniqrog‘ini aytganda, chavandozlarimiz orasida Bekzod Qurbonov 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza, Xurshidbek Alimjonov 3 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, A’zam Tolibboyev 2 oltin, 1 tadan kumush va bronza, Alisher Erkinov 3 oltin, 1 kumush va 3 bronza, G‘ayrat Nazarov va Mariya Dushchenko bittadan kumush, Abdurahmon Abdullayev 1 bronza va Akbar Sharipovlar 2 oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA