Qozog‘istonning Ostona shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy Osiyoning yetakchi terma jamoalari ishtirokida xalqaro turnir tashkil etildi.
130 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratish bo‘yicha o‘tkazilgan jamoaviy bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Ushbu yo‘nalishda Qozog‘iston va Qirg‘iziston termalari 1-2-o‘rinlardan joy oldi.

Shuningdek, 7 davlatdan kelgan chavandozlar ishtirokida o‘tkazilgan yakkalik bahslarida chavandozlar 130 va 143 sm. balandlikdagi to‘siqlarda o‘zaro raqobatlashdi.

Quvonarlisi, 130 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratish bo‘yicha o‘tkazilgan “Maxima Masters Eurasia” kichik kubogi yo‘nalishida hamyurtimiz Xurshidbek Alimjonov oltin medalni qo‘lga kiritdi. 145 sm balandlikda Akbar Sharipov va Bekzod Qurbonov terma jamoamiz hisobiga oltin hamda kumush medalni keltirdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA