Chavandozlar mamlakat kubogida ot yo‘rttirdi
Poytaxtimizda joylashgan Milliy gvardiya qoshidagi ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida ot yo‘rttirish bo‘yicha mamlakat kubogi bahslari o‘tkazildi.
Musobaqaning “Kichik sovrin” yo‘nalishida Timur Panayev “Jazel” laqabli oti bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Bolalar sovrinida” Oksana Pavliva “Barbera” nomli tulpori bilan g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, “O‘rta sovrin”da O.Pavliva “Fayble” ismli otida ikkinchi oltin medaliga ega chiqdi.

Shuningdek, musobaqada Feruza Abdullayeva uch yo‘nalishda shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Ma’lumot o‘rnida: Toshkent shahridagi «Universal horses stable» ot sporti klubida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining 31 yilligiga bag‘ishlangan ot sporti bo‘yicha konkur musobaqa ham o‘tkazildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA