Chavandozimizning Qozondagi muvaffaqiyatlari
Xurshidbek Alimjonov — «Tatariston Respublikasi Raisi sovrini» musobaqasining mutlaq g‘olibi.
Qozon shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha «Tatariston Respublikasi Raisi sovrini» musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xurshidbek Alimjonov «Champions League» laqabli oti bilan ishtirok etdi.
Musobaqaning birinchi kunida chavandozimiz balandligi 135 santimetr bo‘lgan to‘siqlar osha ot sakratish yo‘nalishida eng yaxshi natijani qayd etib, birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, so‘nggi kundan o‘rin olgan bellashuvlarda Xurshidbek Alimjonov to‘siq balandligi 140 santimetr bo‘lgan yo‘nalishda ham barcha raqiblarini ortda qoldirib, g‘olib bo‘ldi.
Shu tariqa, ikki kunlik musobaqa yakunlariga ko‘ra, Xurshidbek Alimjonov «Tatariston Respublikasi Raisi sovrini» musobaqasining mutlaq g‘olibiga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA