ChatGPT Napoleonning 217 yillik kodlangan maktubini o‘qidi
“GPT-6 Astra modeli” 1809-yil bahorida Napoleon buyrug‘i bilan general Ogyust Marmonga yuborilgan sirli harbiy jo‘natmani o‘qishga muvaffaq bo‘ldi. Maxfiy belgilar yordamida bitilgan bu xatni ikki asrdan ko‘p vaqt davomida hech kim o‘qiy olmagan.
“Sentinel One” muhandisi Karter Cherch so‘zlariga ko‘ra, AI hujjat tasvirini tanigan, 175 qo‘lda yozilgan so‘zlarni tahlil qilgan, belgi turini aniqlagan va taxminan olti soat sirni ochish uchun kod yozgan. Sirlangan matnda fransuz, polyak va bavar qo‘shinlari joylashuvi haqidagi ma’lumot mavjud ekan.
Italiya vitse-qiroli Ejen de Bogarne qarorgohida tayyorlangan hujjatni Napoleon shaxsan yozmagan. Cherch to‘liq matn, jadval va natijani tiklash imkonini beruvchi dastur kodini e’lon qildi.
S.Rahimov, O‘zA