Chashma mahallasidan fotoreportaj
Yasharish, yangilanish fasli bo‘lmish bahor o‘z fusunkorligi va betakrorligi bilan boshqa fasllardan ajralib turadi. Ayniqsa, tog‘li hududlar, qir va adirlar ko‘klamda o‘zgacha qiyofa kasb etadi.
Toshkent viloyatining tog‘li manzillaridan sanalgan Parkent tumani ham shu kunlarda bahor tarovati ila yanada ko‘rkamlashgan.
Co‘qoq qishlog‘ining eng oxiri, o‘ziga xos tabiatiga esa Chashma mahallasi boshqa hududlardan farq qiladi. Toshkent viloyati turizm boshqarmasi tomonidan hozir bu manzilga “Turizm qishlog‘i” maqomi berilgani ham bejizga emas.
[gallery-17022]
Chashma 2,5 ming yillik tarixga ega bo‘lib, dengiz sathidan 1 ming 300 metr balandlikda joylashgan. Atrofida yuz yillik daraxtlari mavjud o‘rmon, “Saksar” deb ataluvchi tepaligi bor. Hududda tashkil etilgan ko‘plab oilaviy mehmon uylari, choyxonalar va ovqatlanish nuqtalari yil davomida sayyohlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Odamlari esa mehmondo‘st, samimiy va oqko‘ngil.
Shunday ekan, bu manzilga albatta tashrif buyuring!
Kamola YUSUPOVA,
Davron ERNAZAROV (surat), O‘zA